TOSHKENT FOTOSURATLAR UYIDA “TUYG‘ULAR DUNYOSI” DEB NOMLANGAN KO‘RGAZMA OCHILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent Fotosuratlar uyida Asliddin Kalonovning “Tuyg‘ular dunyosi” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida ijod ahlining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani ta’kidlandi.
Asliddin Kalonov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti. U kitob grafikasi kompozitsiyasi fani bo‘yicha ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar muallifidir.
Ko‘rgazmadan joy olgan asarlar klassik rangtasvir usulida yaratilgan. Tomoshabin rassom bilan birgalikda Afrosiyob tepaliklaridagi bahor nafasini his etadi, yomg‘irli kunning nam havosidan rohat oladi, kuzgi oltinrang daraxt barglarning tovlanishidan zavqlanadi.
– Asarlarimda tuyg‘ular falsafasi, betakror tabiatimiz manzaralarini ifodalashga harakat qilganman, – deydi A.Kalonov. – Yurtimizda san’atning barcha yo‘nalishi kabi tasviriy san’at sohasida faoliyat olib borayotgan musavvirlarning erkin ijod qilishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilgani, doimiy rag‘bat va e’tibor ko‘rsatilayotgani bizga cheksiz ilhom bag‘ishlaydi.
Ko‘rgazmadan rassomning bir yuz ellikdan ortiq ijodiy ishi o‘rin olgan. Ular orasida «Nurota chizmasi», «Umid shamoli», «An’analar tiklanishi», «Oltin kuz», «Baxt tumori», «Bog‘dagi so‘nggi olma» kabi asarlar turkumi tomoshabinlar e’tiborini tortmoqda.
O‘zA