Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Toshkent kasb-hunar ta’limi markazida uchrashuv

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Toshkent kasb-hunar ta'limi markazida uchrashuv

O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan bir guruh Janubiy koreyalik ekspertlar mamlakatimizda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) liniyasi bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishmoqda.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2007-yil KOICA bilan hamkorlikda poytaxtimizda tashkil etilgan Kasb-hunar ta’limi markazi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda bugun O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va mehnat bozorini yanada kengaytirish sharoitida qisqa vaqt ichida yuqori malakali ishchi kadrlar tayyorlayotgan ta’lim muassasalariga e’tibor ortayotgani ta’kidlandi. Toshkent shahridagi Kasb-hunar ta’limi markazi ulardan biridir.

Bu yerda tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari yo‘llanmalari bo‘yicha har yili yetti yuzga yaqin yoshlar bepul o‘qitilmoqda. Ular bu yerda zarur kasbni egallagach, mamlakatimizdagi yetakchi korxonalarda doimiy ish bilan ta’minlanayotir.

Kasb-hunar ta’limi markazi direktori Ravshan Ibrohimovning aytishicha, mashinasozlik ishlab chiqarishi va texnologiyalari, elektronika va elektrotexnika, avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, axborot tizimlari hamda texnologiyalari kabi muhim yo‘nalishlarda kadrlar qayta tayyorlanmoqda.

Ta’lim muassasasida o‘qish muddati 10 oy bo‘lib, o‘quv dasturi va jarayonida nazariya uchun darslar umumiy vaqtning 35 foizi, qolgan qismi esa korxonalarda amaliyot o‘tash uchun ajratilgan. Keyinchalik mazkur korxonalar oldindan tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq, o‘quvchilarni doimiy ish bilan ta’minlaydi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan markaz bitiruvchilariga ta’lim yo‘nalishi va ixtisosligi ko‘rsatilgan kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida sertifikat beriladi.

Mashg‘ulotlar zarur uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy o‘quv xonalarida o‘tilmoqda. Viloyatlardan kelgan o‘quvchilar uchun 100 kishiga mo‘ljallangan yotoqxona mavjud.

Markazda 24 o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustasi o‘quvchilarga ta’lim bermoqda. Shuningdek, bu yerda KOICA agentligidan yuqori malakali 8 ko‘ngilli mutaxassis faoliyat ko‘rsatmoqda.

Janubiy Koreya ekspertlari markazning moddiy-texnik bazasi bilan ham tanishib, darslarda ishtirok etdi, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ko‘ngillilar bilan suhbatlashdi.

– Ushbu Kasb-hunar ta’limi markazi faoliyati misolida KOICA liniyasi bo‘yicha Koreya Respublikasi va O‘zbekiston hamkorligi salmoqli natijalar berayotganiga guvoh bo‘ldik, – deydi Koreya Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi hukumat siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi vakili Pak Jan-Xo. – Kelgusi yili o‘zaro hamkorlikning ikkinchi bosqichini amalga oshirishni mo‘ljallamoqdamiz va shu bois bugun O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishini o‘rganmoqdamiz. Ta’kidlash joizki, ayni paytda Samarqand shahrida ham shunday markaz barpo etilmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p yillik strategik munosabatlar bundan buyon ham izchil rivojlanishiga ishonamiz.

www.uza.uz