Toshkent MDH hududidagi ommabop shaharlar o’ntaligidan joy oldi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Rossiyaning “Oktogo.ru” mehmonxonalarga onlayn-buyurtma berish xizmati tomonidan 2015-yilda rossiyalik sayyohlar orasida ommabop hisoblangan MDH davlatlari va shaharlari aniqlandi. 2015-yilda eng uzoq safar uyushtirilgan MDH shaharlari orasida O’zbekiston poytaxti Toshkent ham bor – ya’ni mazkur muddat o’rtacha besh kunga.
Onlayn-buyurtma berish xizmati xabariga qaraganda, sayyohlar orasida ommaboplik reytingida Belorus peshqadamlik qilmoqda. Undan keyin Ukraina, Qozog’iston, Ozarbayjon, Armaniston, O’zbekiston, Moldova, Qirg’iziston va Tojikiston keltirilgan, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Hayot kechirish uchun rossiyaliklarning xarajatlari bo’yicha MDH dagi eng qimmat shahar deb Ostona topildi (bir kecha-kunduzda o’rtacha 138 AQSH dollari), eng hamyonbop shahar sifatida esa - Belorusning madaniy poytaxti Vitebsk e’tirof etildi (bir kecha-kunduzda o’rtacha 61 AQSH dollari).
“Oktogo.ru” statistik tahlillari shuni ko’rsatadiki, 2015-yili rossiyaliklar MDH bo’yicha 40 foiz sayohatni Belorus bo’ylab amalga oshirishgan. Bunda 17 foiz Ukrainaga, 14 foiz Qozog’iston, 10 foiz Ozarbayjon, 8 foiz Armaniston, 5 foiz O’zbekiston, 3 foiz Moldova, 2 foiz Qirg’iziston, 1 foiz Tojikiston hissasiga to’g’ri keladi.
“Jahon” AA