“TOSHKENT OPEN – 2016” XALQARO TURNIRI BOSHLANDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) musobaqalar taqvimidan joy olgan “Toshkent open – 2016” xalqaro turniri boshlandi.
Musobaqada O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Shveytsariya, Yaponiya, Gretsiya, Turkiya va Ukrainadan ellikka yaqin tennischi ishtirok etmoqda.
“Toshkent open” ko‘plab iste’dodli tennischilarni kashf etgan nufuzli turnirlardan hisoblanadi. O‘z vaqtida “Toshkent open”dagi o‘yinlari bilan muxlis va mutaxassislar e’tiborini qozongan fransiyalik Merion Bartoli, Polin Parmente, chexiyalik Nikol Vaydishova, rossiyalik Yelena Dementeva, Dinara Safina, Mariya Kirilenko, Alla Kudryavseva, italiyalik Francheska Skyavone, Tatyana Garbin, slovakiyalik Magdalena Ribarikova, hindistonlik Saniya Mirza, xitoylik Li Na, amerikalik Megan Shonessi, isroillik Shaxar Peyer, belaruslik Viktoriya Azarenko va germaniyalik Sabin Lisitski bugun dunyoga mashhur tennischilar sanaladi.
O‘n sakkizinchi marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini Nigina Abduraimova, Sabina Sharipova, Oqgul Omonmurodova, Arina Fols va Kamola Umarova yakkalik va juftlik bahslarida himoya qilmoqda.
O’zA