Toshkent shahar hokimiyati Botanika bogʻini koʻngilochar maskanga aylantirmoqchi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Bir yil ichida Botanika bogʻi yoshlarning eng sevimli joyiga aylanadi”, deydi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Husniddin Ergashev. Uning aytishicha bu haqida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev vaʼda bergan.
Husniddin Ergashevning “Oʻzbekiston 24” radiokanalining jonli efirga uzatiluvchi “Radioface” dasturida maʼlum qilishicha Botanika bogʻida tez orada konsert dasturlari uchun sharoit yaratilib, sahnalar, ochiq maydonlar tashkillashtiriladi va yoshlar uchun avtomat oʻyinlari qoʻyiladi. Hokimiyat vakilining bu fikri “Radioface” loyihasi jurnalistida xavotir uygʻotdi. Jurnalist “Botanika bogʻining koʻngilochar maydonga aylantirilishi u yerdagi oʻsimliklar olamiga salbiy taʼsir etmaydimi?”, degan savolni oʻrtaga tashladi. H.Ergashevning aytishicha, Botanika bogʻining koʻngilochar maskanga aylantirilishi va u yerda konsert dasturlarining oʻtkazilishi bogʻning oʻsimlik dunyosiga salbiy taʼsir oʻtkazmaydi. Shunga qaramasdan uza.uz internet nashri bu masalani bogʻ mutaxassislari bilan muhokama qilishni koʻzlamoqda? Aziz hamshahar siz nima deysiz? Botanika bogʻida konsert dasturlari oʻtkazilishi, yoshlar uchun avtomat oʻyinlarining boʻlishi qanchalik maqsadga muvofiq. Shu vaqtgacha poytaxt hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan turli tadbirlar Botanika bogʻida oʻtkazilgan. Siz bu oʻzgarishga qanday qaraysiz?
OʻzA