Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2018-yil 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida poytaxtimizni yirik ishbilarmonlik markaziga aylantirish, investitsiyalarni faol jalb qilib, zamonaviy korxonalar tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Shunga muvofiq, joriy yil 4 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda poytaxtimizda kichik sanoat zonalari va texnoparklar infratuzilmasidan samarali foydalanib, yuqori texnologiyali quvvatlarni tashkil etish, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu masala davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 13-may kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda Toshkent shahrida zamonaviy sanoat korxonalari tashkil etish ishlari tahlil qilingan edi.

Avval berilgan topshiriqlarga muvofiq Toshkent shahrida amalga oshirish uchun umumiy qiymati 617 million AQSh dollaridan ziyod 19 ta yangi investitsiya loyihasi ishlab chiqildi.

Ahamiyatlisi shundaki, ushbu loyihalarning barchasi sanoat sohasida bo‘lib, ular natijasida 10 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Har yili qariyb 1 milliard dollarlik bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, 290 million dollardan ziyod eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Loyihalar qo‘shilgan qiymati va mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Keng turdagi maishiy texnikalar, lift va ekskavatorlar, nasoslar, suv isitgichlar, qog‘oz va qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo vositalari, zargarlik va shisha tovarlari shular jumlasidandir.

Investor va tashabbuskorlar o‘z loyihalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi. Ushbu korxonalar Toshkent mexanika zavodining hozirda foydalanilmayotgan bino va maydonlarida tashkil etiladi. Ular 2019-2020-yillar davomida ishga tushiriladi.

Prezidentimiz ushbu loyihalar shaharning mavjud infratuzilmasidan samarali foydalangan holda bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, aholini ish bilan ta’minlash jihatidan muhimligini ta’kidlab, ularni tezroq ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mutasaddilarga xaridorgir sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati kamida 1 milliard dollar bo‘lgan qo‘shimcha loyihalar shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

www.president.uz