Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilash, shuningdek, ularga koʻrsatiladigan uy-joy kommunal xizmatlar darajasini oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish yuzasidan maslahat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzilganligi;

isteʼmolchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobvaragʻini joriy etgan holda Toshkent shahri boʻyicha Kommunal xizmatlarni boshqarish markazi va kommunal korxonalarning billing tizimlari bilan integratsiyalashtirilgan Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish, keyinchalik ushbu tizimni respublika boʻyicha ommalashtirish yuzasidan choralar koʻrilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:

2020-2022 yillar uchun Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari (keyingi oʻrinlarda – Maqsadli indikatorlar) 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;

2019-2021 yillarda Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda – Qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Toshkent shahar hokimi, masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish, shuningdek, asosiy maqsadli indikatorlarni oʻz vakolatlari doirasida bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) Toshkent shahar hokimi Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning lozim darajada ishlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

b) Toshkent shahar tumanlari hokimlari tegishli hududda issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish sohasida quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:

issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq koʻrsatilishini, shuningdek, isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;

issiqlik energiyasi va issiq suv uchun toʻlovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlari, isteʼmolning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni oʻlchami asosida oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlashga, shuningdek, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishiga koʻmaklashish;

issiqlik taʼminoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularga taʼmirlash xizmati koʻrsatilishi ustidan nazoratni taʼminlash;

issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va oʻrnatilishini, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;

issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;

v) Toshkent shahar tumanlari hokimlarining issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish sohasidagi faoliyati samaradorligi tegishli hududda maqsadli indikatorlarning bajarilishi holati va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatidan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hokimligi tomonidan yiliga kamida ikki marotaba baholanadi, shuningdek, masʼul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.

4. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab issiqlik quvurlarini rekonstruksiya qilishda majburiy tartibda issiqlikni saqlovchi, shu jumladan, penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolyatsiyali va himoya qobigʻiga oʻralgan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi quvurlar ishlatiladi.

5. 2019-2022 yillarda Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazish sarf-xarajatlarini kamaytirish, magistral va uylarning ichki issiqlik taʼminoti tarmoqlarida mavjud yoʻqotishlarni qisqartirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish;

issiqlik taʼminoti sohasiga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari, jumladan, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash hamda uning isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi faol joriy etilishini taʼminlash;

issiqlik taʼminoti sohasida davlat tarif siyosatini takomillashtirish, shuningdek, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish boʻyicha har tomonlama tahlil oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish;

issiqlik taʼminoti sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;

Qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning
oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish;
mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining holati toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

Ishchi guruh (A.J.Ramatov) bir oy muddatda mazkur qarorning ijrosini taʼminlash boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etsin.

6. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Kengash va uning doimiy komissiyalari ish rejalarini ishlab chiqishda yiliga kamida ikki marotaba:

issiqlik taʼminoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, shu jumladan, aholi bilan muloqot qilish orqali tanqidiy oʻrganish boʻyicha nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishni;

ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish sohasidagi ishlarning holati, shuningdek, aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash sifati toʻgʻrisidagi axborotini eshitishni nazarda tutish tavsiya etilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda har tomonlama tahlil asosida:

issiqlik tarmoqlaridagi yoʻqotishlarni kamaytirish, energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga barham berish hamda issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish sohasidagi boshqa miqdor va sifat koʻrsatkichlarini nazarda tutuvchi 2030-yil uchun Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha maqsadli moʻljallarni;

joylarda elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya) texnologiyalarini joriy etishni hamda ulardan foydalanishni kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

zamonaviy va innovatsion resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishni inobatga olgan holda issiqlik saqlaydigan qurilish materiallari ishlab chiqarish standartlarini qayta koʻrib chiqish;

koʻp kvartirali uylarni qurishda issiqlikni saqlash darajasini baholash tizimini takomillashtirish choralarini koʻrsin.

9. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda isteʼmolchilarning yuklamalari va issiqlik energiyasi manbalarining quvvatlari balansini xatlovdan oʻtkazish asosida ortiqcha quvvatlarni maqbullashtirish choralarini koʻrsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J.Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.O.Ortiqxoʻjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 2-dekabr