Toshkent viloyatida 14 ta tibbiyot muassasasida ta’mirlash ishlari davom etmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tibbiyot muassasalarini ta’mirlash bo’yicha navbatdagi loyihaning qiymati 36,2 milliard so’mni tashkil etadi.
Mablag’larning aksariyat qismi - 32,3 milliard so’mi 13 ta tibbiyot muassasasi ob’yektlarini qayta ta’mirlashga yo’naltirilgan. Shuningdek, manzilli ro’yxatda 12 ta tuman tibbiyot birlashmalari bo’linmalari va Toshkent viloyat ko’p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi ham bor, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Ayni paytda Parkent tumanida qiymati 3 milliard so’m bo’lgan tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo’limiga qarashli 45 o’ringa mo’ljallangan yangi bino va boshqa ob’yektlar barpo etilmoqda.
Shuningdek, Olmaliq shahridagi 2-viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida ham 100 o’ringa mo’ljallangan binoning ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
“Jahon” AA