Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Toshkent viloyatida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Toshkent viloyatida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 iyun kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, bo‘sh turgan bino va yerlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Avval xabar berilganidek, 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu boradagi ishlar Andijon viloyati misolida tahlil qilingan edi. Bu gal Toshkent viloyatidagi mavjud salohiyat va undan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent viloyati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun eng qulay hudud. Barcha shahar va tumanlarda yetarli elektr energiyasi zaxirasi mavjud. Asosiy iste’mol bozorlariga mahsulot yetkazib beradigan yo‘l infratuzilmasi ham yaxshi rivojlangan.

Lekin viloyatning ba’zi hududlarida aholi jon boshiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2-3 barobar kam. Viloyat sanoatida hududiy korxonalar ulushi atigi 15 foizni tashkil etadi. Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Quyichirchiq kabi tumanlarda sanoat anchayin orqada qolgan.

Joriy oy boshida davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davomida 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan 40 trillion 300 milliard so‘mlik 800 ga yaqin loyihadan iborat dastur ishlab chiqilgan edi. Shundan 300 dan ziyodi sanoat sohasidadir.
Shuningdek, bu borada rezervlar ko‘pligidan kelib chiqib, Hududlar sanoatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan yana 310 ta qo‘shimcha loyiha shakllantirildi.

Yig‘ilishda mazkur sanoat loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra, iyun oyi boshida tasdiqlangan Dastur bilan birgalikda viloyatda 2019-2022 yillarda umumiy qiymati qariyb 51 trillion so‘m bo‘lgan 636 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalar doirasida 4,2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish orqali sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmini qariyb 2, aholi daromadlarini 2,1 barobar oshirish ko‘zda tutilgan. Bu 51 mingdan ortiq doimiy ish joyi tashkil etish imkonini beradi.

Yig‘ilishda har bir loyiha tarmoqlar, shahar va tumanlar, tijorat banklari kesimida ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga ushbu sanoat loyihalari bo‘yicha reja jadvallarini tasdiqlab, ularni o‘z muddatida ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Muhim jihati shundaki, viloyat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan loyihalarning 60 foizi infratuzilmasi mavjud, lekin bo‘sh turgan ob’ektlar va yer maydonlariga joylashtirildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli vazirlik va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda respublika bo‘yicha samarasiz foydalanilayotgan barcha bino va yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, bo‘shaydiganlarini tadbirkorlarga auksion orqali sotish, investitsiya majburiyatlari bilan “nol” qiymatda berish yoki ular negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Xususiylashtirilgan ob’ektlarni samarali ishlatish borasida mulk egalarida ayrim muammolar borligi qayd etilib, ularni hal qilish bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.

Videoselektorda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari salohiyatidan unumli foydalanish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.
Mamlakatimizda jami 21 ta erkin iqtisodiy zona va 150 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan bo‘lib, ularning hududida qariyb 1 ming 700 ta kichik korxona faoliyat yuritmoqda. Lekin ayrim korxonalar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan yetarlicha ta’minlanmagan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 iyunda qabul qilingan “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mazkur joylardagi sharoitlarni yaxshilash, mavjud kamchiliklarni hal etish yo‘llari belgilab berildi.

Bu barcha hududlardagi, jumladan, Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalari uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Bundan foydalanib, viloyatda sanoatni izchil rivojlantirish, bo‘sh ob’ektlar negizida yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Mutasaddilarga shu tizim asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni shakllantirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda tarmoqlar va hududlar bo‘yicha loyihalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Jahon talablari asosida raqobatbardosh ishlab chiqarishlar tashkil etish, mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, logistikani yanada rivojlantirish, yangi bozorlar topish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

www.president.uz