Toshkent yana bir nufuzli anjumanga mezbonlik qiladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

19-20-fevral kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyoda oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, konferensiyaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini soʻzlashi kutilmoqda.
Konferensiya davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish doirasida oʻtkazilmoqda.
Konferensiya Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etiladi.
Forumga Afgʻoniston, AQSH,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston,Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, Oʻzbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan boʻlib, ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, taʼlim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.
Tadbirda Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.