Toshkent yana bir yirik forum boshlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida Oʻzbekiston – Belarus ishbilarmonlari va hududlararo hamkorlik forumi boshlandi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Nodir Otajonov, Tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev, Belarus tomondan Belarus Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Rusiy Mixail, shuningdek, ikki mamlakat parlamentlari aʼzolari, hukumatlari vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur forum Oʻzbekiston – Belarus savdo-sarmoyaviy hamkorlik aloqalarida yangi sahifalar ochishi kutilmoqda. Buni birgina Belarus tomonidan iqtisodiy korxonalar rahbarlari, energetika, mashinasozlik, farmatsevtika, turizm, togʻ-kon sanoati, oziq-ovqat va yengil sanoati kabi sohalarga ixtisoslashgan vazirlik, kompaniya va firmalarining 400 dan ziyod vakillari ishtirok etayotgani ham tasdiqlab turibdi.
Forum doirasida ishbilarmonlar uchun qulay muloqot maydoni boʻlishi kutilayotgan B2B formatdagi kooperatsion birja tashkil qilinadi.