Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOSHKENT YERUSTI METROSINING ILK BEKATLARI BITDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOSHKENT YERUSTI METROSINING ILK BEKATLARI BITDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni Sergeli yo‘nalishining qurilishi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 29 noyabrdagi qaroriga muvofiq barpo etilayotgan bu yo‘l poytaxtimiz transport kommunikatsiyasining yana bir muhim tarmog‘idir. Loyihaning umumiy qiymati 82,6 million dollar bo‘lib, 7 kilometr temir yo‘l va 6 ta bekat qurilishi belgilangan. Sergeli yo‘nalishi Chilonzor liniyasining "Olmazor" bekatiga ulanadi.

Shu tariqa katta aholiga ega Sergeli tumani shahar markazi va boshqa tumanlari bilan yana bir transport vositasi orqali bog‘lanadi. Jumladan, Sergelidan metroga o‘tirgan yo‘lovchi "Buyuk ipak yo‘li" bekatigacha almashmasdan yetib olishi mumkin.

Davlatimiz rahbari "Olmazor" bekati yaqinida bo‘lib, qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Sergeli tumanining rivojlanib borayotgani, yangi ko‘p qavatli uylar qurilayotgani nuqtai nazaridan bu metro yo‘nalishi ulkan ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Yo‘lovchilarning metropolitengacha yetib olishi va metroda harakatlanishi uchun yaratiladigan sharoitlar bilan qiziqdi.

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, yerusti halqa metrosining qurilishi bilan ham tanishdi.

Uzunligi qariyb 55 kilometr bo‘lgan mazkur transport tarmog‘ining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod. Loyiha besh bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi kunda uning birinchi bosqichi – metropolitenning “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 11 kilometrlik qismi qurilmoqda. Bu yo‘nalishda 7 ta bekat bo‘ladi.

Ayni paytda “Do‘stlik-2” va “Ohangaron” bekatlari qurib bitkazilgan.

Davlatimiz rahbari yangi keltirilgan poyezdga chiqib, mazkur bekatlar o

Bekatlar yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘lkirani elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.

Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘lning qolgan qismida ham poydevorlar quyulib, tayanch ustunlar o‘rnatish yakunlangan. Balkalar o‘rnatish, bekatlar qurish ishlari davom etmoqda.

Loyihaning ikkinchi bosqichda Qo‘yliq bozori bilan “Olmazor” bekati bog‘lanadi. Uchinchi bo‘lib “Beruniy”, undan keyin “Bodomzor” bekatigacha bo‘lgan qism quriladi. So‘nggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana “Do‘stlik” bekatiga ulanadi.

WWW.PRESIDENT.UZ