Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOSHKENTDA 9-SENTABR KUNI O‘ZBEKISTON-XITOY HUKUMATLARARO HAMKORLIK QO‘MITASINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOSHKENTDA 9-SENTABR KUNI O‘ZBEKISTON-XITOY HUKUMATLARARO HAMKORLIK QO‘MITASINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Tadbirda O‘zbekiston va Xitoyning investitsiya, savdo-sanoat, iqtisodiyot, energetika, neft-gaz, oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika, kimyo sanoati kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi Abdulla Aripov, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy-huquqiy komissiyasi kotibi, O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi Men Szyanchju va boshqalar O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi yakunlari o‘zaro munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitib, barcha sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Bugungi kunda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda mamlakatimizda elektr va gidroenergetika, neft-gaz, kimyo sanoati, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda 60 dan ziyod loyiha amalga oshirilgan. O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi 700 dan ortiq kompaniya va korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shundan 88 tasi to‘liq Xitoy sarmoyasi asosida tashkil etilgan. Yurtimizda Xitoyning 73 kompaniyasi o‘z vakolatxonasiga ega.

Majlisda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, investitsiya, energetika, neft-gaz, yuqori texnologiyalar va boshqa qator sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi hamkorligida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, sarmoyaviy, moliyaviy va texnikaviy hamkorlik, tadbirkorlik subyektlarining bevosita aloqalarini rag‘batlantirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

O’zA