TOSHKENTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI HAFTALIGI BOSHLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O‘zekspomarkaz”da axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan an’anaviy “ICTExpo – 2015” axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi ochildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yetakchi korxonalari, dasturiy ta’minot kompaniyalari, provayderlar, AKT sohasi uchun uskunalar va zamonaviy yechimlarni yetkazib beruvchi korxonalarini bir joyga jamladi.
Bu yili AKT haftaligi bir necha mavzularni o’z ichiga qamrab oldi: mobil aloqa, internet, telekommunikatsiyalar, dasturlash sanoati, elektron hukumat va elektron savdo.
Xitoyning «Huawei Technologies» kompaniyasi ko‘rgazma doirasida qator tadbirlar o‘tkazdi. Xususan, ma’lumotlar saqlaydigan yangi tizimlar va yangi rusumdagi smartfonni taqdim etdi.
Ko‘rgazma dasturi rang-barang bo‘lib, ta’lim seminarlari, taqdimotlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, ko‘rgazmaning dastlabki kunida “Gadget Fair” gadjetlar yarmarkasi ochildi.
Bundan tashqari, kiberfutbol bo‘yicha “Uzbekistan Cyber Games FIFA-15” O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi. Turnir 17-sentabrga qadar davom etadi. G’olib bo’lgan ishtirokchilar turli qimmatbaho sovg’alarga ega bo’lishadi.
“Jahon” AA