Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ruminiya siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 30-oktabr kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Ruminiya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Ruminiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi (vazir o‘rinbosari) Danut Sebastian Nekulaesku boshchilik qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlaridagi keng qamrovli masalalar hamda Ruminiyaning 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran YIdagi raisligini inobatga olgan holda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikning istiqbolli masalalari batafsil muhokama qilindi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Ruminiya muloqotini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarga tizimli tus berish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, jumladan turistik kompaniyalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rag‘batlantirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuvda hamkorlikning yangi mehanizmi – Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyani joriy etishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi. Ushbu komissiya majlislarini muntazam o‘tkazish mavjud vaziyatga tezda javob qaytarish va masalalarni hal qilish, tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirish, O‘zbekiston va Ruminiyaning investitsion faolligini qo‘llab quvvatlash imkonini beradi.
Muzokaralarda Ruminiya Elchisi Romeo Stancho ishtirok etdi.