TOSHKENTDA IKKITA XALQARO KO’RGAZMA O’TKAZILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilning 16-18-sentabr kunlari "O’zekspomarkaz" Milliy ko’rgazmalar majmuasida «UzEnergyExpo-2015. Energiya. RES. Energiya tejash. Elektr texnika. Yoritish" X Xalqaro ko’rgazmasi va “UzStroyExpo-2015. Qurilish. Isitish va shamollatish. Beton zavodlari. Quvurlar va jihozlar" V Xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tadi, deb xabar beradi O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi.
UzEnergyExpo-2015 ko’rgazmasida sanoat korxonalari, loyiha, qurilish, montaj tashkilotlari, kommunal va hukumat muassasalari sohasidagi mutaxassislar ko’rgazmada barcha takliflarni ko’rib chiqish, solishtirish, tanlash va zarur asbob-uskunalar harid qilish imkoniga ega bo’ladilar.
Dunyoning yetakchi va mahalliy yirik korxonalar tomonidan eng so’nggi energiya sohasidagi samarali echimlar, elektr vositalarining yangi texnologiyalari, elektr ta’minoti tizimlari, energiya tejash, kabel-sim mahsulotlari, yoritish uskunalari, sanoatni avtomatlashtirish, kommunal va sanoat ob’ektlarini gaz bilan ta’minlash tizimlari namoyish etiladi.
UzStroyExpo-2015 ko’rgazmasi esa isitish, shamollatish tizimlari, quvur va fiting, shuningdek, katta beton zavodlari uchun mo’ljallangan uskunalar hamda ularning qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy va xorijiy korxonalarni o’z ichiga oladi.
Mazkur ko’rgazmada Italiya, Xitoy, O’zbekiston, Ukraina, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan kompaniyalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
"Jahon" AA