Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Toshkentda Markaziy Osiyoning kelajak rivojlanish strategiyasi muhokama qilinmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Toshkentda Markaziy Osiyoning kelajak rivojlanish strategiyasi muhokama qilinmoqda

Bugun Toshkent odatdagidek emas. Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari shu yerda yig‘iladi. Ular mintaqaning ertasi qanday bo‘lishini bir stol atrofida o‘tirib yana bir bor gaplashib oladi.

Sammitlar odatda rasmiy til, rasmiy bayonotlar bilan o‘tadi. Lekin bugungi muhit boshqacha. Chunki muhokama qilinadigan masalalar bevosita har birimizning hayotimizga ta’sir qiladi.

Odatda rasmiy tadbirlarni yoritishning ham yozilmagan-yozilgan qoidalari bor. Rasmiy ruh saqlanishi kerak. Lekin hozir biroz xalqona tilda va qisqa bayon qilishga harakat qilamiz.

Bugun tushgacha Qozog‘iston Prezidentining davlat tashrifi bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkaziladi. Kunning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlar boshlanadi. Bu format 2017 yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. Shunda bir haqiqat isbotlandi. Qo‘shnilar bilan ochiq gaplashish, muammolarni “qo‘ng‘iroq orqali emas”, balki yuzma-yuz muhokama qilish ko‘p masalani yanada samarali hal qiladi.

Shu uchrashuvlar boshlanganidan beri mintaqada ko‘p o‘zgarish bo‘ldi. Natijalar esa qog‘ozda emas, odamlar hayotida sezilmoqda.

Eng avvalo chegaralar ochildi. Bir paytlar oddiy borib-kelishning o‘zi sarsonlik bo‘lgani yodimizda. Hozir esa ID-karta bilan borasiz, kelasiz. Navbatlar qisqardi, o‘tish osonroq bo‘ldi.

Savdo hajmi ikki barobarga, o‘zaro investitsiyalar besh yarim barobardan ortiqqa o‘sgani alohida natija. Bu raqamlar ortida minglab ish o‘rinlari, arzonroq mahsulotlar va yangi zavodlar bor. Ya’ni siyosiy kelishuvlar bozordagi narxlarda ham aks etyapti.

Qambarota GESi, Zarafshon va Amudaryo bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalar amlga oshirilayapti. Energetika, suv va sanoatdagi bu ishbirlashuvlar kelgusi yillarda mintaqa barqarorligi uchun asos bo‘ladi.

Ichki turizm butunlay yangi bosqichga chiqdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qo‘shni davlatlarga chiqish arzon va oson bo‘ldi. Mintaqa ichida harakat faollashdi. Qirg‘izistonning tog‘lari, Tojikistonning daryolari, Qozog‘istonning shaharlari “qo‘shni mamlakat” emas, “qo‘shni hudud”dek bo‘lib qoldi.

Nihoyat, eng muximi, Markaziy Osiyo siyosiy maydonda yagona kuch sifatida shakllanmoqda. “Markaziy Osiyo – 2040” konsepsiyasi mintaqaning iqtisodiy yagona hududga aylanish yo‘lidagi dastlabki qadam. Ya’ni bugungi kelishuvlar kelajakdagi energetik xavfsizlik, savdo yo‘llari, transport zanjirlari va sanoat kooperatsiyasini belgilab beradi.

Toshkentda 15-16 noyabr kunlari o‘tayotgan yettinchi Maslahat uchrashuvida bu masalalar yanada aniqlashtiriladi. Tadbirda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va BMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Kaxa Imnadze ham ishtirok etadi. Bu esa mintaqaning xalqaro ahamiyati ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Xulosa ham oddiy. Toshkentda shunchaki yig‘ilish emas, Markaziy Osiyoning kelajak rivojlanish xaritasi chizilyapti. Qaysi yo‘ldan ketish, qaysi loyihani tezlashtirish, xavfsizlik qay tarzda ta’minlanishi, chegaralardagi tartib qanday bo‘lishi shu yerda muhokama qilinadi.

Markaziy Osiyo katta burilish nuqtasiga kirdi. Va bu burilishning markazi Toshkent.

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA sharhlovchisi