Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“TOSHKENTDA O’TKAZILGAN FORUM O’Z VAQTIDA VA JUDA SAMARALI BO’LDI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“TOSHKENTDA O'TKAZILGAN FORUM O'Z VAQTIDA VA JUDA SAMARALI BO'LDI”

Yaqinda Toshkentda “Aholining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o’zaro hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Unda qator xorijiy mamlakat ekspert doiralari vakillari ishtirok etdilar.

“Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida Rossiyadagi Notijorat huquq xalqaro markazi filiali direktori Darya Miloslavskaya forumda ishtirok etgan mazkur ekspertlari qatorida tadbir haqidagi fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.

— O’zbekistonda ijtimoiy sheriklik institutining yaratilishi, rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy hamda qonunchilik asoslari, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli hamda o’rni haqida so’z yuritilgani holda ijtimoiy ahamiyatga ega qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda parlament hamda joylarda davlat hokimiyati vakillik organlarining NNT, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari va OAV bilan o’zaro hamkorligi tamoyillari, shakllari hamda mezonlari tahlil qilingan qiziqarli forumda ishtirok etishga taklif qilinganim uchun anjuman tashkilotchilariga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Yuksak darajada tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirok etish va o’zbek xalqining samimiy mehmondo’stligidan bahramand bo’lish men uchun katta sharaf.

Anjumanda Germaniya, Belgiya, Xorvatiya singari mamlakatlardan kelgan xalqaro ekspertlar ham qatnashdilar hamda mamlakatingizda ijtimoiy sheriklik sohasidagi qonunchilikni yanada takomillshtirish bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Qonunlarni ishlab chiqish va ularni qabul qilishda bevosita qatnashuvchi yurtingiz qonunchilik organi vakillarining tadbirdagi faol ishtirokini alohida ta’kidlab o’tish lozim.

Forum o’z vaqtida va juda samarali bo’ldi. Hech bir texnologiya, kompyuter va internet xizmatlari ekspert-tahlil doiralarining o’zaro bevosita muloqot orqali fikr almashish bilan ma’lum masalani kun tartibiga qo’yib, u bo’yicha zaruriy xulosalarni chiqarishning o’rnini bosa olmaydi. Shu nuqtayi nazardan, ushbu anjuman O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikni huquqiy jihatdan tartibga solishning dolzarb masalalarini muhokama qilishda muhim ahamiyat kasb etdi, deb hisoblash mumkin. Konferensiya chog’ida qabul qilingan qarorlar va xulosalar mamlakatingiz hukumat va jamiyat o’rtasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirishga xizmat qilishiga aminman.

“Jahon” AA, Moskva