TOSHKENTDA OT SPORTI BO‘YICHA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlab ot sporti bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda eng kuchli chavandozlar g‘oliblik uchun bahslashdi.
Konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda turli balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda mahorat ko‘rsatgan Temur Sodiqov va Xurshid Olimjonov oltin, Umid Komilov va Bekzod Qurbonov kumush, G‘ayrat Nazarov va Oqil Sobirjonov bronza medal bilan taqdirlandi.
Havaskor chavandozlar o‘rtasidagi musobaqada Olim Valijonov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkita ot bilan ishtirok etgan Bahrom G‘oziyev ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi.
Jahon AA