Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOSHKENTDA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDAGI O’ZBEKISTON-GERMANIYA QO’SHMA LOYIHASI YAKUNLARI SARHISOBI BO’LIB O’TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOSHKENTDA QISHLOQ XO'JALIGI SOHASIDAGI O'ZBEKISTON-GERMANIYA QO'SHMA LOYIHASI YAKUNLARI SARHISOBI BO'LIB O'TDI

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparkida “Markaziy Osiyoda qishloq xo’jaligi uskunalariga xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligi konsalting tizimlarini yaratish”mavzuida yakuniy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir Germaniya Xalqaro hamkorlik uyushmasi va “Claas”, “Lemken”, “Basf”, “KWS Saat” kompaniyalari ko’magida tashkill qilindi.

Tadbirda Germaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi elchisi Naytxart Xyofer-Vissing, O’zbekiston qishloq xo’jaligi vazirligi, “O’zqishloqmashlizing” aksiyadorlik kompaniyasi, yuqorida sanab o’tilgan korxona vakillari hamda loyihaga jalb etilgan fermer xo’jaliklari ishtirok etishdi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, mintaqaviy loyihaga 5 yil vaqt sarflangan bo’lib, budjeti 2,5 mln yevroni tashkil etadi.

Tadbir davomida birgalikda erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Shu bilan birgalikda, respublika hududlarida agrar soha faoliyati uchun konsalting markazlari tashkil etilganligi va shu asosida oliy toifali mutaxassislar fermer xo’jaliklarini moderinizatsiya qilish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yer maydonlaridan samarali foydalanish bo’yicha kerakli maslahatlar berib kelayotganliklari ta’kidlab o’tildi.

Shuningdek, texnik uskunalarga xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi servis markazlar yaratilgani haqida to’xtalib o’tildi.

Ishtirokchilar loyiha doirasida yangi ish o’rinlari yaratilganligi, qishloq aholisi yashash sharoiti va qishloq xo’jaligining texnik holati yaxshilanganligi ta’kidlab o’tdilar.

Tadbir so’ngida tomonlar qishloq xo’jaligi sohasida O’zbekiston va Germaniya hamkorligi yanada rivojlanishiga ishonch bildirdilar.

“Jahon” AA