TOSHKENTDA SAYYOHLIK BO’YICHA XALQARO ANJUMAN BO’LIB O’TADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 25-sentabrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetetida O’zbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirishda xorijiy tajribani qo’llash» mavzusida xalqaro ilmiy – amaliy anjuman o’tkaziladi.
“O’zbekturizm” milliy kompaniyasining xabar berishicha, anjumanda 100 dan ortiq Indoneziya, Tayland, Azarbayjondan kelgan vakillar, xalqaro tashkilot vakillari, mahalliy soha olimlari, mutaxassislar ishtirok etadilar.
Konferensiya ishtirokchilari zamonaviy bosqichda turizm infratuzilmasini takomillashtirishdagi dolzarb masalalar, sayyohlik xizmatini ko’rsatish bo’yicha yangi mexanizmlar va zamonaviylashtirish shakllari bo’yicha bahs-munozaralar olib boradilar. Shuningdek tadbirda asosiy e’tibor turizm bo’yicha kadrlarni tayyorlashda yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga qaratiladi.
Ilmiy amaliy konferensiya davomida bugun va istiqbolda ekologik turizm rivoji to’g’risida o’zaro samarali fikrlar almashiniladi.
“Jahon” AA