TOSHKENTDA TO’QIMACHILIK TEXNOPARKI BUNYOD ETILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

«O’zbekengilsanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasi koreyalik hamkorlar bilan birgalikda Toshkentda to’qimachilik texnoparki qurilishi loyihasini amalga oshirishning faol bosqichiga kirishdilar, deb xabar beradi «Uzbekistan Today» axborot agentligi.
Loyihaga binoan, o’z laboratoriyasiga ega bo’lgan ilmiy-tadqiqot instituti bilan ushbu texnopark Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti yonida joylashadi.
Kelgusi yilning yanvarida qurilish ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda. Sarmoya hajmi 15 million AQSh dollarini tashkil etadi. Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi, Koreya Texnologiyalarni rivojlantirish instituti Koreya tomonidagi hamkorlar hisoblanadi.
Mazkur qurilish uchun guruh tuzilgan bo’lib, u Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti bilan birgalikda loyihalashtirish, dizayn hamda uskuna va jihozlarni tasniflash ustida ish olib boradi.
«Jahon» AA