Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Toshkentda "Uzbek Import Fair 2025" birinchi xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Toshkentda "Uzbek Import Fair 2025" birinchi xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusida "Uzbek Import Fair 2025" birinchi xalqaro ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.

Bojxona qo‘mitasi tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rgazma ochilishida turli vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro brendlar, distribyutorlar, investorlar va respublikamizning barcha hududlaridan taklif etilgan tadbirkorlar hamda tijorat banklarining mas’ullari qatnashdi.

Shuningdek, ko‘rgazmada nafaqat qo‘shni davlatlar, balki AQSH, Vengriya, Koreya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Slovakiya, Kuvayt, Yaponiya kabi davlatlardan 30 ga yaqin xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda tovarlar importi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Xususan, 2022 yilda 19 foizga, 2023 yilda 31 foizga, 2025 yilning 8 oyida 10 foizga oshgan. Import tarkibida asosan texnologik asbob-uskunalar, metall va metall buyumlari, transport vositalari va ehtiyot qismlari, oziq-ovqat mahsulotlari, elektrotexnika, yoqilg‘i-energetika hamda neft mahsulotlari ustunlik qilmoqda.

Masalan, litiy-ion akkumulyatorlar importi 2024 yilda 19 barobarga oshib, 160,5 mln. dollarni tashkil etdi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich 2021 yilda 3,9 mln. dollarni, 2022 yilda esa 3,8 mln. dollarni hamda 2023 yilda 8,3 mln. dollarni tashkil qilgan.

Tahlillarga ko‘ra, mazkur tovarning mahalliy ishlab chiqarish xarajatlari import narxidan bir necha baravar arzon ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mamlakatimizda “Nurlikon” konida litiy zaxiralari aniqlangani e’tiborga olinsa, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etib, akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish istiqbolli ekanligi oydinlashadi.

Shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotni xorijiy bozorlarga eksport qilish imkoniyatlari ham yuzaga keladi.

2024 yilda avtomobil motor moylari importi 53 ming tonnani yoki 94 mln. dollarni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 7 foizga, 2021 yilga nisbatan esa 70 foizga oshgan.

Shu bois, xorijiy investorlarni jalb qilgan holda bazaviy moy ishlab chiqarish zavodi qurish, qo‘shimchalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va “Dexos” standartiga ega mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratish orqali ichki bozorda importni qisqartirish mumkin.

Import tovarlar ro‘yxatida qurilish oynalari ham yetakchi. Masalan, 2024 yilda qurilish oynalari importi 8,4 mln. kv. metrni (30 mln. dollarni) tashkil etgan. Bunda importning asosiy qismi oddiy turdagi rang berilgan oyna mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, ayrim tovarlar bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yoki mavjud quvvatlarni kengaytirish imkoniyatlari mavjud. Bu esa import hajmini kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shu maqsadda ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish imkoniyati yuqori bo‘lgan, ammo eng ko‘p import qilinayotgan 3 ming turdagi tovarlar namoyishga qo‘yildi. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun katta imkoniyat yaratadi.

Chunki, hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda ular ko‘pincha qaysi tovarlarga talab yuqori ekanligi, qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligi haqida yetarli ma’lumotga ega emasliklarini bildirib kelmoqda.

Ko‘rgazmaning asosiy vazifasi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni importi yuqori bo‘lgan tovarlar haqida aniq ma’lumot bilan ta’minlash, ularni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish va qo‘li bilan ushlab ko‘rish imkoniyatini berishdir. Bu, o‘z navbatida, tadbirkorlarga yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini ochish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘rgazmani samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida namoyish etiladigan mahsulotlar yo‘nalishlari 2 ta pavilonda 24 ta tematik bloklarga ajratildi.Ular orasida oziq-ovqat, farmatsevtika, transport ehtiyot qismlari, kimyo, mebel, charm, to‘qimachilik sanoati va boshqa yo‘nalishlar mavjud. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun import hajmi yuqori bo‘lgan tovarlarni o‘rganish, ular bilan yaqindan tanishish va ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy xulosalar chiqarish imkoniyatini yaratadi.

Ko‘rgazma doirasida importni optimallashtirish masalasi bo‘yicha panel sessiyalari ham bo‘lib o‘tadi.

Yakunda sanoatning 24 ta sohasida importni optimallashtirish hamda mahalliy sanoatni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Ko‘rgazma 9 oktyabrga qadar davom etadi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA