Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOSHKENTDA X XALQARO SANOAT YARMARKASI VA KOOPERATSIYA BIRJASI YAKUNLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOSHKENTDA X XALQARO SANOAT YARMARKASI VA KOOPERATSIYA BIRJASI YAKUNLANDI

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston kabi davlatlardagi firma va kompaniyalarning 1 ming 300 dan ortiq vakili qatnashib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzdi.

Bu yerda o‘zaro manfaatli bitimlar tuzish imkoniyati mavjudligi bois o‘tgan yilgi forumda sanoat kooperatsiyasi asosida mahsulot xarid qilish bo‘yicha 11,8 trillion so‘mlik, eksport bo‘yicha 8,3 milliard dollarlik shartnomalar tuzilgan edi. Joriy yilda mahsulot sotib olish bo‘yicha shartnomalar qiymati o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 1,16-marta oshdi. Bu mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga xalqaro miqyosda talab ortib borayotganidan dalolatdir.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2007-yil 12-noyabrdagi “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq o‘tkazib kelinayotgan mazkur an’anaviy forum mahalliy xomashyodan foydalangan holda ishlab chiqarishning yangi tur va yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Kooperatsiya birjasi ishtirokchilari rivojlanish istiqbollarini belgilash, kelgusi yil uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega bo‘ldi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi ikki bosqichda o‘tkazildi. Joriy yilning mart-iyun oylarida hududlarda tashkil etilgan o‘n uchta ana shunday tadbirda 5 mingdan ortiq sanoat korxonasi qatnashdi. Ular o‘rtasida mahsulot yetkazib berish hamda sanoat kooperatsiyasi borasida miqdori bir trillion so‘mlikdan ko‘proq shartnomalar imzolandi. Tog‘-kon uskunalari, bog‘dorchilikka mo‘ljallangan mini-traktorlar, elektr generatorlari, tibbiyot jihozlari, yuqori sifatli moy va keramika mahsulotlari va boshqa takliflar qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ikkinchi bosqichda mamlakatimizning qariyb uch mingdan ortiq korxona, kompaniya va tashkilotlari tomonidan mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektr texnikasi, qurilish, metallurgiya, kimyo, neft-gaz, oziq-ovqat, yengil sanoat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarning 22 mingdan ziyod nomdagi tayyor mahsulotlari, butlovchi buyumlar va materiallari taqdim etildi. Ularning mingdan ziyodi yangi o‘zlashtirilgan.

– Korxonamizda kooperatsiya asosida past va yuqori kuchlanishli kabellar ishlab chiqarilmoqda, – deydi Sergeli tumanidagi «RroCab» qo‘shma korxonasi bo‘lim boshlig‘i Rustam Abdurahmonov. – Bir oyda bir yarim ming kilometrdan ko‘proq turli o‘lcham va ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqaramiz. Doimiy hamkorlarimiz qurilish korxonalari hisoblanadi. Ikki yildan buyon Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida ishtirok etib, yangi hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Joriy yilda o‘ttizdan ziyod shartnoma tuzdik.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston kabi davlatlardagi firma va kompaniyalarning 1 ming 300 dan ortiq vakili yurtimiz sanoati salohiyati bilan tanishib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. Ayni paytda ular mamlakatimizda qo‘shma korxona ochish istiqbollarini baholash imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, barcha sohalarga zamonaviy texnologiyalarni jalb etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari keng ekspozitsiya bilan ishtirok etdi. “Sino” aksiyadorlik jamiyati, “Foton” davlat unitar korxonasi, “Artel” savdo belgisi ostidagi kompaniyalar guruhi kabi korxonalar stendlari ko‘pchilikning e’tiborini jalb etdi. Mamlakatimiz elektr texnika sanoati so‘nggi yillarda murakkab maishiy va radiotexnika mahsulotlari – televizorlarning zamonaviy modellari, maishiy va sanoat sovutgichlari, konditsioner, gaz plitasi, changyutgich, energiya tejaydigan lampa, elektr choynak, dazmol va telefon kabi ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

O‘n kun davom etgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ellikdan ziyod markazlashtirilgan taqdimotlari o‘tkazildi. Mamlakatimiz hududlari taqdimotida mahalliy resurslarni o‘zlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda sanoat tarmoqlarining asosiy korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yanada rivojlantirish haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi yakunida korxona, kompaniya va tashkilotlarning taqdimotlari turli nominatsiyalar bo‘yicha baholanib, faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Hududlarning eng yaxshi taqdimoti nominatsiyasida Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari peshqadamlik qilgan bo‘lsa, eng yaxshi taqdimot o‘tkazgan tashkilot sifatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati e’lon qilindi.

O’zA