Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOSHKENTDA "XOTIN-QIZLARNING SAYLOVLARDAGI ISHTIROKI" MAVZUIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOSHKENTDA "XOTIN-QIZLARNING SAYLOVLARDAGI ISHTIROKI" MAVZUIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi, Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirga huquqshunoslar, olimlar, ekspertlar, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, nuroniy onaxonlar, talaba-yoshlar, uy bekalari taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 7-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda turkum davra suhbatlari, uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, uning hududiy bo‘linmalari, boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan yurtimizdagi ko‘plab ta’lim maskanlari, mahallalar, mehnat jamoalarida milliy saylov tizimining mazmun-mohiyatini tushuntirishga doir tadbir va anjumanlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mahallalarda, o‘quv dargohlarida o‘tkazilayotgan "Men saylovda shaxsan o‘zim ishtirok etaman", "Bizning oilamizda har bir shaxs o‘z ovoziga ega", "Har bir fuqaro faqat o‘zi uchun ovoz beradi" kabi shiorlar ostidagi huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlar hayotiy va ta’sirchan misollarga boy tarzda o‘tmoqda.

– Saylov jarayoni mamlakat taraqqiyoti, uning kelajagi, istiqbolini belgilashdagi muhim siyosiy jarayon ekanini opa-singillarimiz teran anglashi har bir muloqotlar, targ‘ibоt tadbirlari davomida yaqqol namoyon bo‘lmoqda, –deydi Shayxontohur tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Surayyo Po‘latova. – Tumanimizdagi 79 saylov uchastkasida ishlar qizg‘in kechmoqda. Fuqarolarning ovoz berish jarayonida ishtirok etishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

Shayxontohur tumanida 207 ming 800 saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 114 ming 300 nafarga yaqini xotin-qizlar. Birinchi marta saylovda ishtirok etuvchi yoshlar 3 ming 260 nafar bo‘lib, ulardan 1 ming 765 nafari qizlardir.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi, "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunlar yuzasidan hamda Prezident saylovining mamlakatimiz hayotidagi o‘rni, har bir saylovchining huquq va erkinliklari, ularning ovozi Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

O’zA