Toshkentdagi ellikka yaqin maktab va bolalar bog’chalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilda hukumatimiz tomonidan poytaxtimizdagi maktab hamda bolalar bog’chalarini kapital remont qilish va qayta ta’mirlash uchun 53,7 milliard so’m ajratildi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig’i Ilyor Akbarovning ma’lum qilishicha, ayni paytda 19 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, yettita maktab rekonstruksiya qilinib, 12 ta maktab to’liq ta’mirlanadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 25,6 milliard so’m mablag’ ajratilgan.
Bundan tashqari, 29 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va jihozlash uchun 28,1 milliard so’m ajratilgan. Shundan 25 milliard so’mi kapital ta’mirlashga, 3,1 milliard so’mi jihozlashga sarflanadi. Ayni paytda loyiha smeta hujjatlari tayyorlanmoqda va yaqin orada qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanadi.
“Jahon” AA