TOSHKENTDAGI INHA UNIVERSITETI - JAHON STANDARTLARI DARAJASIDAGI SIFATLI TA’LIM
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xalqaro standartlar asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 24 mart kuni «Toshkent shahrida Inha universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan poytaxtimizda Inha universiteti filiali ochildi.
Hozirda universitetda 115 talaba ta’lim olmoqda. Eng yuqori ball to’plagan 10 ta talaba grant asosida o’qiydi. Ta’lim muddati - 4 yil.
2015-2016-o’quv yiliga 250 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan bo’lib, shundan 120 nafar kompyuter injiniring, 130 nafari esa dasturiy injiniring yo’nalishi bo’yicha ta’lim oladilar.
Talabalar texnikaning eng so‘nggi qulayliklari bilan jihozlangan o‘quv binolarida ta’lim oladilar.
Universitetda darslar ingliz tilida olib borilishini inobatga olgan holda, abituriyentlardan IELTS(Xalqaro ingliz tili test tizimi)da ingliz tilini 5,0 ball darajasida bilish talab etiladi.
Mazkur oily o’quv yurti bitiruvchilariga O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida tasdiqlangan Janubiy Koreya Respublikasi Inha universiteti diplomi beriladi.
“Jahon” AA