Toshkentdagi Inxa universiteti hujjat qabul qilishni boshladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2014-yilning oktabr oyida o’z faoliyatini boshlagan Inxa Universitetida qabul imtihonlari uchun onlayn ravishda hujjat topshirish shu yilning 6-aprelidan 17-iyuliga qadar davom etadi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Universitetda 2015−2016-o’quv yili uchun 250 nafar talaba, jumladan, 120 nafar talaba “Kompyuter injiniringi” va 130 nafar talaba “Dasturiy injiniring” yo’nalishiga qabul qilinadi. Universitetda kirish imtihonlarida yuqori ball to’plagan 10 nafar talaba homiylar tomonidan ajratilgan grant mablag’lar asosida o’qitiladi. Ayni paytda Toshkentdagi Inxa universitetida 115 nafar talaba tahsil olmoqda.
Universitetda ingliz tilida imtihon topshiriladi. Agar kimdir qandaydir sababga ko’ra sertifikat olishga ulgurmagan bo’lsa, univesitetda imtihonni 3-mayda emas 5-iyulga topshirishlari mumkin bo’ladi. Joriy yilgi qabul uchun abituriyentlarni ingliz tili bo’yicha onlayn-sinov qaydnomasiga ro’yxatga olish jarayonlari shu yil 20-aprelga qadar davom etadi.
“Jahon” AA