Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
hamma resurslarni ko'rsatish
Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublikada ulgurji va birja savdosi korxonalari faoliyati uchun zarur huquqiy asos yaratilgan, zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan holda chakana savdo tarmoqlari jadal rivojlanmoqda, tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnik resurslardan foydalanishi kengaymoqda.

Shu bilan birga, tovar bozorlarining hozirgi holati, ulgurji va birja savdosining rivojlanish darajasi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Savdo aylanmasining kengayishiga, ichki bozorni va ishlab chiqaruvchilarni zarur tovarlar bilan taʼminlashga hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator muammolar mavjud, xususan:

ulgurji savdoning rivojlanishi, keyinchalik qayta ishlash uchun yarim tayyor mahsulotlarni va sanoat mahsulotlarini, “biznes uchun – biznes” (B2B) tamoyili boʻyicha boshqa tovarlarni yetkazib berish tizimi darajasining pastligi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tranzaksiya xarajatlarining oshishiga va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi pasayishiga olib kelmoqda;

tadbirkorlarni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor narxlarining noqulay oʻzgarishi oqibatlaridan muhofaza qilish imkonini beruvchi fyucherslar, hosila moliyaviy vositalar va birja tovarlari savdosi boshqa zamonaviy mexanizmlarining sust joriy etilishi natijasida operatsiyalar hajmi va savdoga chiqariladigan tovarlar turlari cheklanmoqda;

savdo subyektlarining ustav kapitalida davlat ulushining yuqoriligi, chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida eskirgan cheklovlarning saqlanib qolinayotganligi mazkur sohalarda raqobat muhitining izchil rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda;

tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni, shu jumladan, xorijiy isteʼmolchilarni mamlakatda ishlab chiqarilayotgan talab yuqori boʻlgan mahsulotlar turlari va hajmlari toʻgʻrisida xabardor qilishga doir ishlarning tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi respublika ichida, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasining rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda.

Savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovarlar bozorida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:

a) 2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni:

ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibini;

aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, oʻsimlik yogʻi va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlar hisobini yuritishva undan foydalanishning maxsus tartibini;

koʻchma savdo uchun ruxsatnoma olish talabini;

davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan korxonalar kontragentlari bilan oʻzaro munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun sanksiyalarni;

davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan korxonalar bilan shartnomalar boʻyicha ichki bozorda oldindan 15 foiz toʻlovni amalga oshirishga doir talabni;

1-ilovaga muvofiq ayrim turdagi tovarlar eksportiga cheklovlarni;

kelishishning xabardor qilish tartibini joriy etgan holda, mahsulotlarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishishning amaldagi tartibini;

moliyaviy isteʼmol kreditini ishlab chiqaruvchidan yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotdan faqat Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari (xizmatlari)ni sotib olish uchun berish toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilish;

b) 2018-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar:

tovar-xomashyo birjalariga birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha shuʼba xoʻjalik birlashmalarini tuzish;

import boʻyicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot turlarini, egalarining xohishiga koʻra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotish;

birja savdolarida xarid qilingan yuqori likvidli mahsulotlar, xomashyo va materiallar turlarini sotuvchi tomonidan chiqarib yuborish toʻlov muddatidan kelib chiqqan holda birjalarning elektron tizimi orqali qatʼiy belgilanadigan muddatlar va navbatlar boʻyicha amalga oshirish tartibini belgilash;

v) 2018-yil 1-noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanishning quyidagilarni:

eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;

ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlgan kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;

yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Belgilansinki:

xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSH dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobоt yuritgan holdaTashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari koʻrsatish qoidalariga muvofiq yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi;

2019-yil 1-yanvardan boshlab tovar-xomashyo birjasi aʼzolarining daromadlariga qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliqqa tortish shartlari tatbiq etiladi;

jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 5 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida 38 nafar shtat birligidan iborat Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari toʻgʻrisida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga axborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-axborot portalini yaratish;

ichki ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga boʻlgan talab va taklifning hajmlari, shuningdek, ishlab chiqariladigan va isteʼmol qilinadigan mahsulotga ichki bozorda narxlarning oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning oʻzgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish hamda shu asosida tegishli takliflar tayyorlash;

tarmoq bozorlar konʼyunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks oʻrganish, ularning muvozanatli rivojlanishi toʻgʻrisida takliflar tayyorlash.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublikaning barcha hududlarida seminarlar oʻtkazsin va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga birja va ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish boʻyicha zarur amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini “Toshkent” respublika fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflar berish orqali sotish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda MDHga aʼzo davlatlarning monopoliyaga qarshi kelishilgan siyosatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.

6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmon qoidalari va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qoʻshimcha imkoniyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning keng yoritilishini taʼminlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K.Saidova zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018-yil 30-oktyabr

www.uza.uz