Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TRANSPORT SOHASI RIVOJLANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TRANSPORT SOHASI RIVOJLANMOQDA

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining joriy yil birinchi choragidagi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida avtotransport xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini shakllantirish va sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi. Transport korxonalarining avtoparki muntazam yangilanayotgani samarasida ayni paytda yo‘lovchi va yuk tashish tizimi yanada rivojlanmoqda. Shu yilning birinchi choragida avtotransport korxonalari 98 “ISUZU” rusumli avtobus, 99 yuk avtomobili, 43 yangi mikroavtobus va 184 yengil avtomobilni lizing asosida xarid qildi.

Agentlikdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda transportda tashish sohasida noqonuniy faoliyat yuritayotgan subyektlarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazilgan. Hisobot davrida esa 1130 qo‘shma reyd tashkil qilinib, tekshiruvlar davomida to‘plangan barcha materiallar chora ko‘rish uchun tegishli idoralarga taqdim etilgan.

Agentlik «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi doirasida ham katta ishlarni amalga oshirayotgani qayd etildi. Bu borada tasdiqlangan reja asosida urush faxriylari, yolg‘iz, keksa fuqarolar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga moddiy hamda ma’naviy yordam ko‘rsatilayotir. Jumladan, Navro‘z bayrami munosabati bilan avtotransport sohasi faxriylari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, kichik biznes subyektlari rahbarlari, mutaxassislar, xususiy tadbirkorlar malakasini oshirish, ularga maslahat yordami ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

"Jahon" AA