Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TRANSPORT VA LOGISTIKA XIZMATLARI NAMOYISHI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TRANSPORT VA LOGISTIKA XIZMATLARI NAMOYISHI

«O‘zekspomarkaz»da «Transport va logistika – TransUzbekistan – 2015» XI xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston xalqaro ekspeditorlar uyushmasi va «ITE Uzbekistan» xalqaro ko‘rgazma kompaniyaci hamkorligida tashkil etildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida transport-kommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilishi mamlakatimizning xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda. Sohadagi islohotlarni chuqurlashtirishda davlatimiz rahbarining 2015-yil 6-martdagi «2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur xalqaro ko‘rgazma mamlakatimizga chet el investitsiyasi kirib kelishini rag‘batlantirish, mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini yanada takomillashtirish imkonini bermoqda. Unda O‘zbekiston, AQSh, Germaniya, Fransiya, Polsha, Koreya Respublikasi, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Eron, Latviya, Litva, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlardan ellikdan ziyod kompaniya ishtirok etmoqda.

Transport-logistika xizmatlari va yo‘lovchilarni tashishda nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida katta salohiyatga ega «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati stendlarida tarmoq korxonalari tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar keng namoyish etilmoqda. Xususan, transport-ekspeditorlik xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha MDH, Yevropa va Osiyo davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlarga ega «O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya» unitar korxonasi tomonidan xalqaro va mahalliy temir yo‘l tashuvlari bo‘yicha taklif etilayotgan xizmatlar qulayligi va samaradorligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.

Ko‘rgazmada Janubiy Koreyaning logistika xizmatlari ko‘rsatishda katta tajribaga ega «Unico Logistics Co Ltd.» kompaniyasi o‘z xizmatlarini namoyish etmoqda. Mamlakatimiz transport va logistika sohasining faol ishtirokchilaridan biriga aylangan mazkur kompaniya xalqaro yuk tashuvlar borasida «GM Uzbekistan», «GM Powertrain Uzbekistan», «SamAuto», «Daewoo International», «Samsung» singari yirik ishlab chiqaruvchilarning yaqin hamkori sanaladi.

Mamlakatimizda transport-kommunikatsiya tizimini dunyo bandargohlari bilan bog‘lashga qaratilayotgan e’tibor samarasida dengiz portlariga ega davlatlar bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda. «TransUzbekistan» xalqaro ko‘rgazmasida doimiy ishtirok etib kelayotgan Latviya Respublikasi milliy guruhida bu yil o‘ndan ziyod kompaniya temir yo‘l tashuvlari bilan bir qatorda bandargoh xizmatlarini taklif etmoqda.

– Prezident Islom Karimov rahnamoligida transport-kommunikatsiya tizimini modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekistonni G‘arb va Sharqni bog‘laydigan muhim transport koridoriga aylantirmoqda, – deydi Ventspils erkin bandargohi sotuv ishlari bo‘yicha menejeri Yanis Lubins. – Shu bois qulay dengiz portlariga ega latviyalik ishbilarmonlarning mamlakatingizga bo‘lgan qiziqishi ortib, hamkorlik ko‘lami kengayishida muhim omil bo‘lmoqda.

Xalqaro ko‘rgazmaning doimiy ishtirokchilaridan yana biri «International Monitoring Group» stendlarida transportni sun’iy yo‘ldosh orqali monitoring qilish va yonilg‘i sarfini nazorat qilish singari innovatsion xizmatlar namoyish etilmoqda.

Mamlakatimizda suyultirilgan gazdan foydalanuvchi transport vositalari soni tobora ortmoqda. Xususan, atmosferaga harakat manbalaridan chiqayotgan zararli moddalarni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar samarasida 2008-2012-yillarda 161 mingdan ziyod transport vositasi gaz yonilg‘isiga o‘tkazilgan bo‘lsa, 2013-2017-yillarda yana 74 mingdan ortiq avtomobil transporti shu turdagi yonilg‘iga o‘tkazilishi belgilangan.

Tabiiy gazdan motor yonilg‘isi sifatida foydalanish sur’atining o‘sib borishi bu boradagi innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Ko‘rgazmaning alohida bo‘limi sifatida birinchi marta tashkil etilgan «Transportda gaz – NGV» bu yo‘nalishdagi yangiliklarni namoyish qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib, unda 11 kompaniya o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

«AC Spolka» kompaniyasi (Polsha) suyultirilgan va tabiiy gazda harakatlanadigan transport vositalari uchun injektor tizimlari, kontrollerlar, elektronika vositalari, «ENOC» kompaniyasi (Birlashgan Arab Amirliklari) moy va lubrikantlarni namoyish etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida, shuningdek, AQShning «General Electric Oil&Gas Division» kompaniyasi tomonidan «Avtomobilga gaz qo‘yish kompressor stansiyalarining modul qurilmalari va kam tonnali suyultirilgan tabiiy gaz: motor gazi yonilg‘isi uchun samarali yechim» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Dunyoning turli davlatlaridan transport, logistika va yuk tashish sohasida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalarni bir joyda to‘plagan «TransUzbekistan – 2015» xalqaro ko‘rgazmasi mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilishda muhim omil bo‘ladi.

O‘zA