Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’zbekiston turizm salohiyati

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'zbekiston turizm salohiyati

O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda.

Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo’g’rofiyashunoslar va missionerlar, isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda.

Meros

O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo me’rosi” ning maxsus ro’yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o’ynaydi.

Toshkent

Toshkent – O’zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Olis o’tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o’zimizning O’zbekiston Havo Yo’llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport yo’nalishlarining chorrahasidir.

Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o’zining 2200 yilligini nishonladi. Bir paytning o’zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, bu yerda 500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan traktorgacha, televizordan to`qimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi. Toshkent tez sur`atlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg’unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda.

Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.

Samarqand

Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o’ynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo’lining yuragi” deb nom oldi.

Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand buyuk qo’mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o’zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o’z davrining eng mohir hunarmand va ustalarini to’pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda Samarqandagi yodgorliklar go’zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.

Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me’moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi bo’lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug’bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari qad ko’targan.

Go’ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug’bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig’iz qilib joylashtirib chiqilgan g’unchaga o’xshash Go’ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy.

Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi va shuningdek bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilib kelmoqda.

Buxoro

Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo’lib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo’lib qolaveradi.

Huddi to’r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo’rg’on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko’plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo’q marvaridlaridan bo’lib qoladi.

Xiva

Buyuk ipak yo’li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko’plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo’lining chorrahasida joylashganligi va bu yerdan karvon yo’li o’tganligi sababli Ichan-Qalaga dunyoning to’rt tomoniga qaragan to’rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko’rinish beradi.

Minoralar osmonga yetay deydi, va ularning orasida O’zbekistondagi eng uzun minora Islom-Xo’jadir. Uylarning tekis tomlari uzra maqbara va masjidlarning charaqlagan ko’k gumbazlari viqor bilan turadi. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo’lib ulardan eng mashxuri marosimlar o’tkaziladigan, xon dam oladigan va xon xaramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-xovli saroyidir. Tashqi tomon va devor mozayka bezakli toshlar bilan qoplangan. Shaharning ajoyibligini bilish, tor ko’chalarini o’rganish va ”ochiq osmon ostidagi muzey” ning asl taftini his qilish uchun bir kun ham kamlik qiladi.

Termiz

Ko’p qirrali O’zbekiston tarixi shubhasiz uning geografik joylashishini ham aks ettiradi.

Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining o’ng tomonida karvon yo’lida asos solingan bo’lib asosiy port sifatida 2500 yildan buyon shu vazifani bajaradi.

Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo’lgan. Qora-Tepadagi toshga o’yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko’plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig’inuvchilar uchun mashxur joy.

Termiz faqatgina o’zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas. Bu yerda o’rta asrlar boshiga tegishli bo’lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud.

Qoraqolpog`iston

Bugunda Qoraqolpog`iston hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtasidir. Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va kashfiyotlari bilan o’zining afsona va sirlarini bo’lishishga tayyor.

Qoraqolpog`istonda joylashgan Qirq-Qiz, Ayoz- Qala, Janbus-Qala, Ishan-Qala maqbarasi, betakror Tuproq-qala va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar ilmiy va ma’daniy qiziqishni uyg’otadi, mahalliy va chet el sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.

An’analar

Buyuk Ipak Yo’li chorrahasida yashovchi o’zbek xalqining an’ana va odatlari ko’plab asrlar davomida zaroastritlar, so’g’diylar, baqtriyaliklar va ko’chmanchi qabilalar urf odatlari va shuningdek islom dini urf-odatlari tasiri natijasida shakllandi.

O’zbekiston bo’ylab sayohat mobaynida, sayyohlar nafaqat me’moriy yodgorliklarni ko’rishi va shuningdek xalq bayramlarini nishonlashda ham ishtirok etishlari mumkin.

(Misol uchun Navro’z yangilanish, bahorgi bayram 21-mart kun va tun teng bo’lgan vaqt).

Har bir yo’nalish sayyohlar mahalliy xalqni yashash tarzini ko’rish, milliy taomlarni tatib ko’rish va falklor shou dasturlarini ko’rish uchun mahalliy xonadonlarga tashrifni o’z ichiga oladi.

Ayniqsa turli tumanligi bilan o’zbek milliy oshxonasi diqqatga sazovor. Taomlar, ajdodlarning boy tajribasiga asoslangan xolda, o’zbek xalqining xayot tarzi va madaniyatini aks ettiradi. Har qanday nozik tabli xo’rranda ham zirovarlar isi bilan to’lgan o’zbek mehmonnavozligiga befarq tura olmaydi.

Bozorlar

Sharqona bozorlar haqidagi an’anaviy tasavvurlar; to’kin-sochinlilik, xushmanzaralilik, shovqunlilikni O’zbekiston bozorlarida yaqqol ko’rish mumkin. Yaxshi bozor maxsulotlar bilan to’lib toshishi, rang barang, baland ovoz va hayqiriqlar eshitilib turilishi, savdolashish bo’lishi kerak.

Mevalar va sabzavotlar rastasi oldidan o’tayotgan har qanday odam mo’l-ko’llikdan va rangbaranglikdan hayratda qoladi. Sharq bozorlari ayniqsa yoz va kuzda hayratlanarli tusga kiradi.

Bozorning qizg’in hayoti erta tongda boshlanib kech tushganda tugaydi. Savdogarlarning mijozlarni chaqirishi, avtomabillar shovqini, milliy musiqa ovozi, zirovorlar isi va qovurilgan go’sht hidi, rastalardagi rang-barang mevalar va sabzavotlar sharqona bozorning takrorlanmas jozibasini yaratadi.

Mehmonxonalar

Qadimdagi karvonsaroylar o’rnini zamonaviy qulay mehmonhonalar egalladi. Sayyohlik hududlarda joylashgan mejmonxonalar har qanday mehmonning talabini qondirishi mumkin. Yagona ”qiyinchilik” didga mos keluvchi dizayn yoki komfortni tanlashda bo’lishi mumkin. Yevropa uslubini hush ko’ruvchilar uchun zamonaviy interyerlarga ega mexmonxonalar, aksincha sof ma’nodagi sharqona muhitni hohlovchilarga esa o’zining naqshli eshiklari, rang–barang gilamlardan tortib sharqona ayvonlargacha ega bo’lgan mexmonxonalar ham muhayyodir. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch kabi katta shaharlardagi birinchi darajali mehmonhonalardan foydalanishingiz mumkin.

Hozirgi kunda O’zbekistonda 350 dan ortiq mehmonhonalar sayyohlarni qabul qilib xalqaro standartlarga mos ravishda xizmatlar ko’rsatmoqda.

Transport

O’zbekiston hozirda rivojlangan transport infrastrukturasiga ega. Manzilga yetib olishingiz uchun sizga Buyuk Ipak Yo’li davridagidek bir oy kerak emas. O’zbekiston bo’ylab katta shaxarlarga aviatsiya yordamida yetib olish tez va qulay.

Sayyohlar mamlakatning chiroyli manzaradan qulay va tez bo’lgan transport vositasi mashina yoki avtobuslardan foydalanadilar.

Aktiv sayohatlar

O’zbekiston faqatgina tarixiy va afsonaviy me’morchiligi bilan mashxur bo’lib qolmasdan, aktiv sayyohlik yo’nalishlariga ham ega. Mamlakatimizning geografik jihatdan qulay joylashganligi bu yerda zamonaviy qulaylik va yovvoyi tabiatning uyg’unlikka kirisha olishiga inkoniyat beradi. O’zbekiston hududida har qanday tabiat landshaftlarini; tog’, vodiy, cho’l, daryo va ko’lni uchratish mumkin.

Trekking

O’zbekistonning turfa xil maftunkor tabiati G’arbiy Tyan-Shan tog’i bo’ylab piyoda yurish va tog’ning butun go’zalligini his qilishni imkoniyatini beradi. Ko’plab alpinistlar va chang’ichilar ekstrimal hissiyotlar qidirib balandligi 3309 metr bo’lgan Chimyon tog’lariga intilishadi.

Otda sayr

Otda yurish har qanday yoshdagi va har qanday temperamentdagi odamga zavq bag’ishlaydi. Va bu bilan yil bo’yi betakror iqlim sharoitlarida shug’illanish mumkin.

Otda yurishning eng mashxur yo’nalishlaridan biri bu o’zining flora va faunasi bilan mashxur bo’lgan Ugam-Chotqol milliy bog’idir. Toshkentdan go’zal vodiy dengiz sathidan 1600 metr balandligda bo’lgan katta va kichik Chimyon tog’lari etagida joylashgan dam olish maskani ”Chimyon oromgohi” ga 90 kilometrlik masofani otda bosib o’tishlari mumkin.

Bu yerda mahalliy otlar zotidan qurama qorabair va shuningdek axaltek zotli otlarda sayr qilish mumkin.

Tog’ havosining turli xil gullar va o’simliklarning isi bilan to’lgan musaffoligi, egarning g’ichrlashi, ot tiyoqlarining bir xilda taqillashi va ochiq osmon ostidagi hissiyotga to’la kechki nonushta bir umrga unutilmas taasurotlar qoldiradi.

Tuyada sayohat

Olis o’tmishdagi Buyuk Ipak Yo’lining harakatini his qilmoqchi bo’lsangiz Qizil-Qum cho’li bo’ylab sayohatga taklif qilamiz. Qum uyimlari, quyoshning ayovsiz jazirasi, har-har yerdagi saksavullar va tuya qo’ng’irog’ining ovozi va faqat cheksiz qumliklar...

Bahorning boshida hayot baxsh etuvchi yomg’irlar cho’lni qirmizi lolalar va yashil maysalar gilami bilan qoplaydi lekin bu go’zallik juda qisqa vaqt davom etadi. Sayyohlar qulay avtomobillarini qoldirib tuyalarga minishadi va egzotik sayohatlarini boshlashadi. Bu unutilmas taasurotlar qoldiradi. Tasavvur qiling qondek qizil shafaq, yarqiragan qum uyimlari, o’tovdagi tunlar, egzotik milliy toamlar, falklor tomoshalari va issiq bundan yoqimli yana nima bo’lishi mumkin?!

Xeli-ski va chang’ida uchish

Birmuncha iliq ob-havo, butunlay shamolning yo’qligi, 300 kun quyoshning porlab turishi chang’i uchish mumkin bo’lgan qulayliklarnining, slalom, chang’i poygalari va tezlik bilan uchish turlarini borligi chang’i ishqibozlarini qishki dam olishlari uchun G’arbiy Tyan-Shanda juda qulay imkoniyatlar mavjud.

So’ngi yillarda “Chimyon-Chorvok-Beldirsoy” oromgohi yangi lekin tezlik bilan rivojlanib borayotgan sport turlari heli-ski va free ride ishqibozlari uchun mashxur joylardan biriga aylanmoqda. Shuning uchun dengiz sathidan 1600-2400 m yuqorida joylashgan oktyabr oyidan mayga qadar qor bilan qoplanib turadigan Chimyon tog’lar qiyaliklarida xalqaro tog’ chang’isi me’yorlarga mos keladigan tarzda sport ishqibozlari uchun qulayliklar yaratilgan.

Ko’plab heli-skiing ishqibozlari uchun dengiz sathidan 4000 m yuqorilikdan chang’i uchish boshlanib vodiyda tugaydi. U yerda kuniga 6 marotaba hali chang’i uchilmagan qorda uchish imkoniyati bor.

Rafting

Mahalliy tez oqar daryolarda rafting bilan shug’illlanuvchi ishqibozlar O’zbekistonni “Osiyoning Shvetsariyasi” deb ham atashadi. Chotqol daryosi bo’ylab rafting bilan shug’ullanish bu sportning ishqibozlari uchun sevimli mashg’ulot.

Ular yo’nalishning ko’p kunliligi, qiyinchiligi jixatidan 5- darajada turishi va shuningdek landshaft, to’siqlarning ko’pligiga qiziqishadi. Bu yo’nalishda 50 dan kam bo’lmagan to’siqlar ishqibozlarni kutib oladi. Ulardan eng qiyinlari sharsharalar, tez oquvchi qiyaliklar, sayoz toshli, quyumlar, qoyali oqimlardir.

Golf

Qulay iqlim, toza havo, go’zal manzara va tabiiy landshaft. Toshkent ko’li Golf klubi 108 gektarli 18 chuqurchadan, doimiy yashil maysalardan, ko’plab daraxtlar va qiyaliklardan, ko’l va sharsharlardan iborat. Bular o’yinga ya’nada tabiiy to’siqlar yaratib qiziqarli tus beradi. Go’zal ko’l, atrofidagi maydon 18 chuqurchalarni har biriga alohida xususiyat beradi. Bu yerda shuningdek shug’ullanish maydonlari, tennis kortlari, suzish basseynlari va saunalar xizmat ko’rsatib turibdi.

Hukumatvaturizm

O’zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo’lsada, u rivojlanishda ko’pgina sohalardan oldinga chiqib oldi.

Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega. Yigirma yil avval O’zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmas edi. Mustaqillikka erishilgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar ishlab chiqildi. 1992 yilning 27 iyulida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil topdi. “O’zbekturizm” ning asosiy vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat.

Bundan tashqari, milliy kompaniya respublikadagi barcha turistik tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, turizmning barcha yo’nalishlarining rivoshlanishini rag’batlantiradi, kadrlar masalasi bilan shug’ullanadi, moddiy-texnika bazasini shakllantirishga va soha infrastrukturasi rivojiga investitsiya oqimini jalb qiladi.

1993 yildan buyon bizning davlatimiz “Xalqaro turizm tashkiloti” (UNWTO)ning a’zosi hisoblanadi. 2004 yildan boshlab Samarqandda – buyuk Ipak yo’lining “yuragi”da UNWTO ning transkontinental magistralda turizmni koordinatsiyasi bilan shug’ullanuvchi ofisi faoliyat yuritib kelmoqda.

Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport va mexmonhona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Turizm mahsulotlarini horijda tanitish maqsadida “Mega-info-tur” – tanishuv safarlari marketing loyihasi horijiy turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kabi safarlar turistik mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi turistlarning oqimlari muddatini optimallashtirish, hamda O’zbekistonda har bir fasl turistlar uchun o’ziga hos bo’lishini ko’rsatib berishda muhim ro’l o’ynaydi.

Bundan tashqari O’zbekistonning turistik salohiyatini qo’llab-quvvatlashda UNWTOning rahnamoligida o’tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo’lidagi turizm” yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm sohasidagi o’zbek hamda horij mutahassislarini birlashtirish, ular o’rtasida professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko’rgazmalardan biri sifatida nom qozongan.

Afsonaviy o’tmishi, Ipak Yo’lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o’tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, xalqning mehmondo’stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O’zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o’ziga jalb etadi.