Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TURIZM RIVOJI YO‘LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TURIZM RIVOJI YO‘LIDA

Xorazm o‘zining noyob va betakror tarixiy obidalari bilan dunyo xalqlarini maftun etib kelmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalar singari sayyohlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 20-martdagi “2013-2015-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori vohada sayyohlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy sayyohlik xizmati turlarini joriy etishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Ilgari sayyohlar asosan Xivani tomosha qilishga kelgan bo‘lsa, bugun butun viloyat bo‘ylab sayohat qilmoqda, – deydi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi rahbari Jumanazar Jumaniyozov. – Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar samarasida hududdagi barcha tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar obod bo‘ldi. Ko‘plab yangi turistiq yo‘nalishlar ochildi.

Urganch xalqaro aeroporti va temir yo‘l vokzali zamonaviy tarzda rekonstruksiya qilinib, tashqi va ichki qiyofalari tubdan o‘zgardi, xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilandi, yon-atrofi obodonlashtirildi. Aeroportdagi kutib olish va kuzatish terminallari so‘nggi rusumdagi zamonaviy texnikalar bilan jihozlandi. Ona-bola xonasi, tibbiyot punkti, “Duty free” do‘koni, qahvaxona, 200 kishiga mo‘ljallangan tranzit va VIP, CIP zallari shular jumlasidandir. Urganch vokzali ham yangi qiyofa kasb etib, yo‘lovchilar pavilyoni, kutib olish va kuzatish zallari, yo‘laklar yuqori did bilan bezatildi, mehmonxona, turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, avtomobillar turar joyi barpo etilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi. Atrofga o‘ziga xos ajoyib manzara berib turgan gulzoru favvoralar kelib ketuvchilarning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Turizm transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida turistik kompaniyalar talabi bilan Toshkent – Urganch – Buxoro – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab haftasiga uch marta milliy uslubda bezatilgan maxsus turistik poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mavsum davomida Parij, Milan, Frankfurt kabi yirik shaharlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri Urganch shahriga aviareyslar tashkil qilinadi. Urganch shahridagi Shovot kanali bo‘ylarida esa kemalar to‘xtashi uchun maxsus joylar, dam olish maskanlari barpo etildi. Bu yerda suzib yurgan zamonaviy kemalar mehmonlarga shaharning ko‘zga ko‘ringan joylarini suvdan turib kuzatish imkonini beradi.

Qarorga muvofiq, 2013-2015-yillarda mehmonxona, restoran va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 25,9 million dollarlik loyihalar amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ulardan eng yirik 17 tasi nihoyasiga yetdi, 22 loyiha bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Xorazmning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va go‘zal tabiatidan bahramand bo‘lish istagida kelayotgan sayyohlarga ellikka yaqin sayyohlik tashkiloti, jumladan, 41 mehmonxona, 8 turistik firma sifatli xizmat ko‘rsatayotir.

Xiva tumanidagi Chinobod qishlog‘ining qum barxanlariga tutash hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “Xiva qorako‘l” fermer xo‘jaligi qoshidagi yangi sayyohlik markazi ham dastur doirasida tashkil qilingan turistik infratuzilmalardan biri.

– Biz bir vaqtning o‘zida 50 ga yaqin sayyohga xizmat ko‘rsatamiz. Milliy uslubda bezatilgan va jihozlangan, barcha qulayliklarga ega o‘tov-uylar xorijlik mijozlarga juda ma’qul kelayotir, – deydi “Xiva qorako‘l” fermer xo‘jaligi rahbari Dilmurod Ollaberganov – Atrofi paxsa devor bilan o‘ralgan markazda qadim shaharlardagi kabi baland darvoza, zamonaviy mehmonxona, mo‘jazgina restoran, balandligi 36 metr bo‘lgan minora qurilgan. Biz ekoturizm ixlosmandlariga tuya va otlarda Qizilqum cho‘li bo‘ylab hamda markaz yonidagi tabiiy sho‘r ko‘lda qayiqda sayr qilish, baliq ovlash, qo‘chqor va xo‘roz urishtirish tomoshasi, milliy taomlar va boshqa xizmatlarni taklif etmoqdamiz.

Viloyatda ikki yuz ellik beshta qadimiy me’morlik va san’at yodgorligi mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari YuNESKO muhofazasiga olingan tarixiy obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ana shu tarixiy-madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va holatini yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar ham diqqatga sazovor. Ayni paytda qadimiy Xorazm madaniy meros obyektlarining yagona reyestri yaratilib, har birining joriy holati bo‘yicha pasporti, madaniy-tarixiy ahamiyati aks etgan axborot – ma’lumot bazasi yaratildi. Chodira hovli, Otajon to‘ra, Polvon qori madrasalari, To‘rt shovvoz, Nurullaboy majmualari, Xiva Dishon qal’asining “Bog‘i shamol” darvozasi, Yangiariq tumanida “Katta bog‘ kulolchilik ustaxonasi”, “Sulaymon qal’a”, o‘rta asrlarga oid Muzxona kabi qirqdan ortiq madaniy meros obyekti qayta tiklanib, xorijliklar hayratini oshirmoqda.

– Turizm dunyo bo‘yicha serdaromad sohalardan biriga aylanmoqda, – deydi Xorazm viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shokir Madaminov. – Yaqinda Xorazm Ma’mun akademiyasi qoshida Xorazm tarixi va madaniyati muzeyi tashkil etildi. Urganchning so‘lim go‘shalaridan birida Xorazm maqomchilar saroyi ish boshladi. Bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar azaliy va o‘lmas Xorazm san’atining jozibasidan bahramand bo‘lmoqda.

Viloyatda tarixiy-ilmiy, tarixiy-etnik, madaniy-ko‘ngilochar, tabiat qo‘ynida dam olish bilan uyg‘unlashgan yangi sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Xorazmning sayyohlik brendi ramzi tushirilgan turli kiyim-kechaklar, sopol, mis va yog‘ochdan ishlangan idishlar, milliy naqshlar bilan bezatilgan taqinchoqlar savdosi yo‘lga qo‘yilgani mehmonlar va sayyohlarga o‘ziga xos qulaylik yaratmoqda.

WWW.UZA.UZ