Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASINING VIRTUAL QABULXONASI ISHGA TUSHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASINING VIRTUAL QABULXONASI ISHGA TUSHDI

Xalq bilan muloqot qilishning samarali usuliga aylangan virtual qabulxonalar aholi murojaatlarining tez va sifatli hal etilishida muhim omil bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lami va sifatini oshirdi. Barcha vazirlik va idoralar rahbarlari qatori O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining ham virtual qabulxonasi ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining www.uzbektourism.uz rasmiy veb-saytida ochilgan virtual qabulxona sohada faoliyat yurituvchilarning murojaat, shikoyat va takliflari bilan tanishish, ularga yechim topish hamda aholini qiziqtirgan savollarga javob berishda yengillik va qulayliklar yaratadi.

Yurtdoshlarimiz www.uzbektourism.uz manziliga kirib, maxsus shaklni to‘ldirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar, ariza va shikoyatlar, turizm sohasini yanada rivojlantirishga doir takliflar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilmoqda. Eng muhimi, onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Sayt orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Murojaatlar o‘z vaqtida hamda ijobiy ko‘rib chiqilishi uchun har bir masala alohida va tushunarli tarzda yo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Saytda murojaat natijasini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish imkoni mavjud. Qo‘mitaning (+998 71) 233-90-28 raqamli “ishonch telefoni” hamda elektron pochta manziliga ham murojaat qilish mumkin.

Ayni vaqtda qo‘mitada murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Yurtdoshlarimiz tomonidan ko‘tarilayotgan har bir masala qo‘mita majlislarida muntazam muhokama qilinmoqda va hal etilmoqda.

O’zA