Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TURK EKSPERTLARI: O‘ZBEKISTONDA QONUN USTUVORLIGI ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINING KAFOLATIDIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TURK EKSPERTLARI: O‘ZBEKISTONDA QONUN USTUVORLIGI ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINING KAFOLATIDIR

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha xodimlari bilan uchrashuvi chog‘idagi ma’ruzasi xorijiy davlatlar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy doiralarida keng sharhlanmoqda. Jumladan, turkiyalik bir guruh ekspertlar ham “Jahon” axborot agentligi muxbiriga bu boradagi o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Mesut Emro Qarako‘z, Turkiya Bosh vaziri devoni Qonun hujjatlari bosh boshqarmasi eksperti:

– O‘zbekiston Prezidentining prokuratura organlari vakillari bilan uchrashuv chog‘idagi ma’ruzasi menda alohida qiziqish uyg‘otdi. Binobarin, unda soha xodimlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifa va tamoyillari o‘z aksini topgan, ularning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rniga munosib baho berilgan.

Mamlakat rahbarining fuqarolar huquq va manfaatlarini hamda qonun ustuvorligini ishonchli himoya qilish borasidagi o‘rinli mulohazalari hurmatga sazovordir. Bu, o‘z navbatida, barcha sohalarda aholi turmush darajasini yuksaltirish, mamlakatda tinchlik, ahillik va barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish samaradorligining kafolati hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat hokimiyati, jumladan, prokuratura organlari tuzilmasi va vazifalarini qulaylashtirishni, ularni mamlakat aholisining dolzarb muammolariga yaqinlashtirishni, xalq ichiga kirib borishini astoydil istashi yuksak bahoga munosibdir. Bu sa’y-harakatlar to‘laligicha “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” konsepsiyasiga uyg‘un hamda mamlakat rahbarida noyob islohotchilik qobiliyati va respublika oldida turgan vazifalarni amalga oshirishning aniq strategiyasi borligini tasdiqlaydi.

Kurshat Qarachabey, Turkiya advokatlar uyushmasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi:

– Biz O‘zbekistonda barcha yo‘nalishlarda, xususan, sud-huquq tizimini takomillashtirish, uni inson huquq va manfaatlarining haqiqiy himoyachisiga aylanishini ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni katta e’tibor bilan kuzatib kelamiz.

So‘nggi yillarda ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan qonunlar natijasida mamlakatda ko‘plab sohalarda samarali yangilanishlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Quvonarlisi, O‘zbekiston erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib qolmasdan, mamlakatni barqaror rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri bo‘lgan qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish borasidagi ishlarni jadal davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidenti prokuratura organlarining faoliyatiga katta e’tibor qaratayotgani va shaxsan uning tashabbusi bilan mamlakatda mazkur o‘ta mas’uliyatli soha xodimlari kunining bayram qilinishi ham odamga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan xabardir.

Biz O‘zbekiston erishayotgan muvaffaqiyatlardan benihoya xursandmiz va mamlakatingizning yanada gullab-yashnashi va taraqqiy etishiga chin dildan tilakdoshmiz.

“Jahon” AA, Anqara