Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Turkiy dunyo taraqqiyotida yangi bosqich

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Turkiy dunyo taraqqiyotida yangi bosqich

Munosabat
Hozirgi global siyosiy-iqtisodiy beqarorlik, xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishi va mintaqadagi geostrategik raqobat sharoitida davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va birdamlik tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tarix, til, madaniyat va urf-odatlar jihatidan umumiy ildizlarga ega bo‘lgan Turkiy davlatlar uchun bunday yaqinlashuv, faqatgina madaniy yaqinlashuv emas, balki strategik taraqqiyot uchun muhim vositaga aylanmoqda.

Shu nuqtai nazardan, joriy yil 7 oktyabr kuni Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti juda muhim siyosiy voqelik sifatida qayd etildi. Sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tashkilotning maqsad va vazifalarini aniq belgilab berish bilan birga uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Mavluda ADHAMJONOVA,Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitnimuhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi.
Xususan, xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, raqamlashtirilgan iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish, ekologik barqarorlik va madaniy yaqinlashuvni ta’minlash bo‘yicha taklif etilgan dasturlar tashkilotni yangi bosqichga olib chiqish salohiyatiga ega. O‘zbekistonning ushbu jarayondagi yetakchi o‘rni, tashabbuskorligi va amaliy hissasi uni TDTning asosiy drayver davlatlaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda.

Qolaversa, bugun geosiyosiy beqarorlik, yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar, xomashyo narxlarining keskin o‘zgarishi kabi omillar milliy iqtisodiyotlarni barqaror va samarali hamkorlikka asoslash zaruratini tug‘dirmoqda. Shu bois, Prezidentning tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish borasidagi tashabbusi dolzarb hisoblanadi.

Yaqin kelajakda tashkilot doirasida yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirish, birinchi navbatda, savdo, biznes va o‘zaro investitsiyalar uchun eng qulay sharoitlarni, huquqiy baza va infratuzilmani yaratish shular jumlasidan. Buning uchun Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha doimiy kengashini tashkil etish orqali bir qator yangi tashabbuslarni amalga oshirish mumkin.

Jumladan, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansini tuzish va bu orqali mashinasozlik, kon sanoati, elektrotexnika, neft-kimyo, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalarida yetakchi kompaniyalarimizning kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, o‘zaro savdo hajmlarini keskin oshirish va texnik reglamentlarni yaqinlashtirish maqsadida “Turkiy yashil yo‘laklar” elektron tizimini joriy etish zarur. Shuningdek, “yashil” energetika, “yashil” vodorod va ammiak loyihalarini birgalikda amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalar, standartlar va kompetensiyalarni jalb qilish, davlat va xususiy sheriklik mexanizmlarini keng tatbiq etish uchun “Yashil” transformatsiya konsorsiumini tashkil etish hamda strategik minerallar bazasini o‘zlashtirish va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish kabi masalalar Kengashning doimiy e’tiborida turishi darkor.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining o‘rta koridorni rivojlantirish va uni Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li hamda Transafg‘on yo‘lagi loyihalari bilan bog‘lashni qo‘llab-quvvatlashi hamda bojxona tartibotini raqamlashtirish va tariflarni optimallashtirish muhimligi borasidagi tashabbuslari hozirgi global logistika sharoitida muhim sanaladi.

Boisi, turkiy davlatlarning barchasi Yevroosiyo mintaqasida, ya’ni Sharq va G‘arb, Janub va Shimol o‘rtasidagi geostrategik muhim nuqtada joylashgan. Bu joylashuv ularga xalqaro yuk tashuvlarda tranzit xab sifatida ishtirok etish, qo‘shni bozorlar bilan eksport-import aloqalarini kengaytirish hamda yirik transport va logistika loyihalarida faol ishtirokchi sifatida harakat qilish imkonini beradi.

Prezidentimizning ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha taklifi nafaqat hozirgi zamonning dolzarb ehtiyojlariga javob beradi, balki tashkilotga a’zo mamlakatlarning uzoq muddatli barqaror taraqqiyoti uchun ham muhim poydevor hisoblanadi. Shunday ekan, bu tashabbusni amalga oshirish nafaqat ijtimoiy-ma’naviy barqarorlik, balki turkiy dunyoning istiqbolli taraqqiyoti uchun ma’rifatli avlodni tarbiyalashning asosiy kafolatidir.

Qisqacha aytganda, Gabala sammitida ilgari surilgan tashabbuslar Turkiy davlatlar tashkilotining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, uni mintaqaviy emas, balki global miqyosdagi nufuzli tuzilma sifatida shakllantirish imkonini beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan yo‘nalishlar iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, transport va logistika salohiyatini oshirish, yashil energetika, sanoat kooperatsiyasi, xavfsizlik, ta’lim va ma’rifat sohalaridagi aniq loyihalar orqali TDT davlatlarining o‘zaro bog‘liqligi va taraqqiyot sur’atini mustahkamlaydi.

Tashkilot doirasida “bir ovoz, bir maqsad, bir kelajak” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunday sa’y-harakatlar turkiy davlatlarning umumiy tarixiy va ma’naviy merosiga tayanadi. Eng muhimi, bu tashabbuslar faqat bugungi muammolarni hal etishga emas, balki kelajak avlodlar uchun barqaror, innovatsion va birlashgan Turkiy dunyo barpo etishga qaratilgan.

Mavluda ADHAMJONOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi.

O‘zA