Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Turkiya Ardaxan universiteti rektori I Xalqaro maqom san’ati festivali xaqida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Turkiya Ardaxan universiteti rektori I Xalqaro maqom san'ati festivali xaqida

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan go‘zal diyorimizning dovrug‘ini butun jahonga taratuvchi tashabbuslar birin-ketin ilgari surib borilmoqda. Ana shunday olamshumul tadbirlardan biri - Shahrisabzda ilk marotaba o‘tkazilayotgan Xalqaro maqom san’ati festivalidir.

Turkiyaning «TRT» Davlat teleradiokompaniyasi va «Anadolu» Milliy axborot agentligi ushbu mamlakatning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan I Xalqaro maqom san’ati festivali hamda uning doirasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjuman haqidagi qator habar va yangiliklarni yoritib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur festivalda ishtirok etish uchun Turkiyadan Ardaxan universiteti rektori, san’atshunos, professor Mexmet Biber yurtimizga tashrif buyurgan. U festivalning xalqaro jyurilar kengashi a’zosi hamdir.

“Dunyo” axborot agentligi muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida M.Biber o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan u shunday dedi:

— O‘zbekistonning madaniy merosi haqiqatan ham juda boydir. Ajdodlarimizdan barchamizga qoldirilgan ijod mahsullarini baholashning imkoni yo‘qdir. Buyuk tarixingizdan muhtasham obidalar, noyob asarlar, ohangrabo kuylar meros qolgan. Qadim-qadimdan yuraklarni o‘rtab kelayotgan navolaringizni dunyo xalqlari sevib tinglamoqda. Maqom san’atining gultoji bo‘lgan «Shashmaqom» insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani bejiz emas.

Darhaqiqat, maqomning har bir kuyi qalblarning eng mudroq hislarini ham uyg‘otib yuboradi. Xotiralar qatida qolgan damlarni yodga soladi, yangidan-yangi ishlarga ilhom bag‘ishlaydi. Maqom san’atining nozik sirlarini tushuna olgan, uning qadriga yetib keng jahon afkor ommasiga targ‘ib qilishda muhim odim tashlagan Prezident Shavkat Mirziyoyevga bunday go‘zal tashabbus uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Maqomni targ‘ib qilish – bu go‘zallik va haqiqiy san’atni targ‘ib qilish demakdir. Tinchliksevar O‘zbekiston bu tadbir bilan butun dunyoni go‘zallikka intilishga chorlamoqda. O‘zbek xalqining bu boradagi ulug‘ merosini jahon hamjamiyati bilan o‘rtoqlashmoqda.

Xalqaro maqom san’ati festivalining aynan Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasi oldida o‘tkazilishi ham alohida ahamiyat kasb etadi. O‘ylaymizki, bizning ansambl ham ushbu tadbirda munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlardan birini egallaydi, Inshaalloh!”

“Dunyo” AA