TURKIYA TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 18-oktabr kuni ochiladigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ishida qatnashish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining hozirgi holati va ularni izchil rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda IHT TIVK 43-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda Turkiya Elchisi Namik Guner Erpul ishtirok etdi.