TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT TO’G’RISIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yil 14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o’rtasida telefon orqali muloqot bo’lib o’tdi.
Davlatimiz rahbari G.M.Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti umumxalq saylovida ishonchli g’alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi hamda yuqori davlat lavozimida unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ta’kidlanganidek, saylov natijalari Turkmanistonda xalq farovonligini oshirish, mamlakatning izchil rivojlanishi va farovonligini ta’minlashga yo’naltirilgan chuqur o’ylangan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga nisbatan turkman xalqining yuksak ishonchi va to’la qo’llab-quvvatlashining yana bir yorqin isbоti bo’ldi.
Muloqot chog’ida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uning istiqbolli yo’nalishlarini muhokama qildilar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning eng muhim masalalari yuzasidan o’zaro fikr almashdilar. Xalqaro maydonda Turkmaniston tashqi yo’li siyosiy faol ilgari surilayotgani hamda G.M.Berdimuhamedovning tashabbuslari muvaffaqiyatli hayotga tadbiq qilinayotgani alohida qayd etildi.
Prezidentlar turli darajalardagi davlatlararo munosabatlar sezilarli faollashgani hamda o’zaro manfaatli hamkorlikning kengayishidan qoniqish izhor etdilar. Tomonlar O’zbekiston va Turkmanistonning yuqori hukumat delegatsiyalari amaliy tashrif almashuvlarining yakunlarini hamda ikki mamlakat mintaqalari darajasidagi hamkorlikni ijobiy baholadilar.
Davlat rahbarlari ikki qardosh mamlakat o’rtasida konstruktiv va ochiq muloqotni izchil rivojlantirish yuzasidan mushtarak manfaatdorlikni tasdiqladilar, shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi samarali aloqalarni kengaytirish uchun mavjud bo’lgan salmoqli salohiyatni hayotga tadbiq etish yuzasidan hozirlik izhor etdilar.
Muloqot intihosida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sihat-salomatlik, xotirjamlik va mas’uliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Turkmaniston xalqiga esa tinchlik va bardavom farovonlik tiladi.
Suhbat mamlakatlarimiz yetakchilarining muloqotiga xos bo’lgan an’anaviy iliqlik va do’stona muhitda o’tdi.
O’zA