TURKMANISTON PREZIDENTI TOSHKENTGA KELDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2015-yil 7-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng Turkmaniston delegatsiyasi Ko‘ksaroy majmuida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 8-oktabrga mo‘ljallangan.
Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston va Turkmanistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, iqtisodiyot, transport, bojxona, turizm, fan-texnika, sog‘liqni saqlash va sport sohalaridagi o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.