UCH NAFAR BOKSCHIMIZ FINALDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamizning uch nafar a’zosi yarim final bahslarini o‘z foydasiga hal qildi.
Mazkur chempionatda dunyoning eng kuchli charm qo‘lqop ustalari sovrinli o‘rinlar bilan birga 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar uchun bahslashmoqda.
Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi musobaqalarda ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev hindistonlik Shiva Tapani yengib, hal qiluvchi bahsga yo‘l oldi. Vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Fazliddin G‘oipnazarov tailandlik Vuttichay Masuk ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida irlandiyalik Maykl O’Reylliga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Chorak final bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Elnur Abduraimov, Elshod Rasulov va Bahodir Jalolov ham o‘z vazn toifasidagi yarim final janglarida ishtirok etadi.
O‘zA