UCH POLVONIMIZ OSIYO CHEMPIONI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimiz yosh polvonlari Eronda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etdi.
Kurash xalqaro assotsiatsiyasidan ma’lum qilishicha, qit’amizning yigirmaga yaqin davlatidan iqtidorli kurashchilar ishtirokida o‘tgan chempionatning vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlari o‘rtasidagi bellashuvlarda Erkin Qozoqov barcha raqibining kuragini yerga tekkizib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida Madiyor Erkinovga teng keladigani topilmadi va u shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Mutlaq vazn toifasida (+100 kilogramm) gilamga chiqqan Suhrob Egamberdiyev ham Osiyo chempioni bo‘ldi. Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Bunyod Tursunov kumush medal bilan taqdirlandi.
Osiyo chempionatida 3 oltin va 1 kumush medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
O’zA