UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI ISHINI SAMARALI TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANDI
![Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff64-a2b79.png)
![O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori](local/cache-vignettes/L35xH32/ruboff137-e9f14.jpg)
![Uchrashuvlar Uchrashuvlar](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff150-b6cca.jpg)
![XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff105-c5518.png)
![BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff100-2b5e3.png)
![Press-relizlar Press-relizlar](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff95-a88d7.png)
![Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff160-74d0b.jpg)
![Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff111-c5523.png)
![O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff66-94591.png)
![Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod](local/cache-vignettes/L34xH35/ruboff157-f419b.jpg)
![Sayyohlik Sayyohlik](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff117-f7a78.png)
![8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff123-ff83b.png)
![O'zbekiston matbuoti daydjestlari O'zbekiston matbuoti daydjestlari](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff126-10381.png)
![2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА](local/cache-vignettes/L35xH20/ruboff163-76283.png)
![Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар](local/cache-vignettes/L35xH22/ruboff181-ab5a0.jpg)
![Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar](local/cache-vignettes/L35xH35/ruboff67-77fc9.png)
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
![UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI ISHINI SAMARALI TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANDI UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI ISHINI SAMARALI TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANDI](local/cache-vignettes/L220xH130/arton7803-8389b.jpg)
2016-yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan respublika onlayn seminar-treningi o‘tkazildi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari a’zolari, deputatlar, saylov huquqi sohasi bo‘yicha olim va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov boshqarib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning dolzarb vazifalariga to‘xtalib o‘tdi. Qayd etilganidek, saylov kampaniyasining barcha tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturiga qat’iy muvofiq ravishda o‘tkazilmoqda. Saylov komissiyalari o‘z faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilik kabi demokratik tamoyillar asosida amalga oshirmoqda.
Ta’kidlanganidek, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda uchastka saylov komissiyalarining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Qonunchiligimizga ko‘ra, uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5–19 nafar a’zodan, shu jumladan, rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.
Shuningdek, uchastka saylov komissiyasi uchastka bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatini tuzadi, saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, saylov o‘tkaziladigan kun va ovoz beriladigan joy haqida aholini xabardor qiladi, binoni ovoz berish uchun tayyorlab qo‘yadi, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati bo‘lmagan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etadi. Shu bilan birga uchastka saylov komissiyasi ovozlarni sanab chiqadi, uchastka saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda ovoz berishni uyushtirish masalalariga doir ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Seminarda saylov uchastkalarini jihozlash, “Ona va bola” hamda tibbiyot xonalarini tashkil etish, komissiyaning samarali ish faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish kabi masalalar muhokama etildi. Uchastka saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish, saylovchilar ro‘yxatini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari, ovoz berish jarayonini tashkil etish hamda o‘tkazishning huquqiy asoslari, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Ekspertlar xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlash, joylarda saylovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining roli haqida fikr yuritdilar.
Ta’kidlash kerakki, mazkur tadbir uchastka saylov komissiyalari ishini samarali tashkil etishga qaratilgan uch bosqichli seminar-treninglarning dastlabkisi hisoblanadi. Shunga o‘xshash seminar-treninglar viloyatlar va tumanlarda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ekspertlari ishtirokida tashkil etiladi.
Tadbir ishtirokchilariga Markaziy saylov komissiyasi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida yaratilgan uchastka saylov komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv filmi namoyish etildi.
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi
O’zA