UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBI IJTIMOIY-SIYOSIY FAOL RAHBAR XODIMLARDAN SHAKLLANTIRILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Okrug saylov komissiyasi a’zolari, saylov komissiyasi qoshidagi matbuot markazi xodimlari, jurnalistlar ishtirok etgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi Toshkent viloyati saylov okrugi hududida saylov uchastkalarini tuzish, ularning a’zolarini shakllantirish, saylov uchastkalarini jihozlash masalalari muhokama qilindi.
– “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 10- va 11-moddalariga muvofiq tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida okrug saylov komissiyasiga taqdimnomalar kelib tushdi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi raisi Hakimjon Hamidov. – Hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 874 saylov uchastkasi tuzildi. Uchastka saylov komissiyalari tarkibini ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari, korxonalar hamda jamoat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan obro‘li, tashkilotchilik qobiliyati va siyosiy bilimi yuqori, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatidan yaxshi xabardor rahbar xodimlardan shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Majlisda uchastka saylov komissiyalarini davlat ramzlari, zarur mebel jihozlari, aloqa vositalari, orgtexnika anjomlari, komissiya faoliyatini yorituvchi stendlar bilan to‘liq ta’minlash, saylov uchastkasi binosi va uchastka komissiyasi a’zolari uchun ajratilgan xonalar holati, ular joylashgan hududlarni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shu kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi. Unda jurnalistlarga viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
O’zA