Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBI TASDIQLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Okrug saylov komissiyasi a’zolari, okrug saylov komissiyasi matbuot markazi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etgan majlisda okrug hududidagi uchastka saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, uchastka saylov komissiyasi xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasi asosida okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 40 kun qolganida 5-19 nafar a’zo, jumladan, rais, uning o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugi hududida 501 saylov uchastkasi tashkil etilgan. Bo‘lajak saylovning yuksak saviyada o‘tishida uchastka saylov komissiyalari faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Viloyatdagi tuman va shaharlar Kengashlari o‘z hududlaridagi saylov uchastkalari bo‘yicha komissiyalar tarkibini shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasiga taqdim etgan.

Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalari tarkibini qonunda belgilangan talablar asosidako‘rib chiqib, hududdagi barcha saylov uchastkalari bo‘yicha komissiyalar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Tarkibni ko‘rib chiqishda komissiya raisi, uning o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zoligiga tavsiya etilganlarning bilimi va tajribasi, tashkilotchiligi va amaldagi qonunchilikdan nechog‘li xabardorligiga alohida e’tibor qaratildi.

– Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining qariyb 50 foizi ayollardir, – deydi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi M.Daminov. – Shuningdek, pedagoglar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ko‘pchilikni tashkil etadi.

Majlisda G‘ijduvon, Buxoro, Olot tumanlari hokimliklari, viloyat ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, "Suvoqova" davlat unitar korxonasi, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mas’ullarining joylarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha axboroti tinglandi. Saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, ayniqsa, birinchi marta ovoz beradigan yoshlar o‘rtasida milliy saylov qonunchiligini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Majlisda okrug saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, qarorlar qabul qilindi.

Okrug matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing o‘tkazildi.

O’zA