Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI A’ZOLARI ISH BOSHLADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI A'ZOLARI ISH BOSHLADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Okrug saylov komissiyasi a’zolari, okrug saylov komissiyasi matbuot markazi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etgan majlisda 10-Toshkent viloyati okrugi hududidagi uchastka saylov komissiyalari a’zolarining tarkibini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Viloyatda tashkil etilgan 875 saylov uchastkasida 1 million 943 ming 289 saylovchining ovoz berishi kutilmoqda. Uchastka saylov komissiyalari va ovoz berish binolarining manzili, saylov uchastkasining chegarasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilindi. Saylov uchastkalari davlat ramzlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel va zarur adabiyotlar bilan ta’minlandi. Saylov qonunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibоt vositalari ko‘rinarli joyga osib qo‘yilishiga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq saylov uchastkalari komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya etildi. Nomzodlar orasida pedagoglar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ko‘pchilikni tashkil etadi.

– Uchastka saylov komissiyalari raisi, uning o‘rinbosari, kotibi va a’zolari uchun ko‘rsatilgan nomzodlar tarkibining 52 foizdan ortig‘i ayollardir, – deydi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi raisi H.Hamidov. – Nomzodlarning 68 foizdan ortig‘i ilgari uchastka saylov komissiyalari tarkibida faoliyat ko‘rsatgan. Bu muhim siyosiy tadbirning yuksak saviyada o‘tishini ta’minlovchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi. Unda 875 uchastka saylov komissiyasiga 8 ming 173 a’zo tarkibi tasdiqlangani hamda viloyatda saylovni o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

O’zA