Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI A’ZOLARI UCHUN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI A'ZOLARI UCHUN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Samarqand viloyati tuman va shaharlarida uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini yanada oshirish, komissiyalar faoliyati samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi a’zolari, ekspertlar ishtirok etayotgan tadbirlarda saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatini e’lon qilish, zarur hollarda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, muddatidan oldin ovoz berish tartib-qoidalari, saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish, kuzatuvchilarning vakolatlari haqida tushuncha berilmoqda.

Samarqand shahridagi 91-saylov uchastkasida o‘tkazilgan seminar-treningda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari F.Rahmatov va boshqalar hududdagi o‘nga yaqin uchastka saylov komissiyalari a’zolariga saylovchilarga taklifnoma tarqatish, muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish, saylov kuni amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan qonun talablarini tushuntirdi. Saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish, ona va bola, tibbiyot xonalarining samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

– Ushbu seminarda saylov qonunchiligiga oid bilimlarimizni yanada mustahkamladik, – deydi 92-uchastka saylov komissiyasi a’zosi Dilrabo Karvonova. – Bu saylov uchastkasida saylovchilarning ovoz berishi uchun zarur sharoit yaratish, saylovni qonun talablari asosida, yuqori saviyada o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminarda saylov kuni uchastkada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

O’zA