UCHASTKA SAYLOVGA TAYYOR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi tomonidan hududda tuzilgan 1030 saylov uchastkasida saylovni yuksak saviyada tashkil etish uchun barcha zarur sharoit yaratilmoqda.
Jomboy tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabi binosida joylashgan 260-saylov uchastkasida Samarqand va Zarafshon mahallalarining aholisi ovoz berishda ishtirok etadi. Komissiyaning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha imkoniyat yaratilgan. Zamonaviy komputer va aloqa vositalari, zarur mebel va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. Uchastkaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonun va qo‘llanmalar, chaqiruv qog‘ozlari, turli infografikalar, saylov varaqalari va saylovchilar uchun taklifnomalar yetkazib berilgan. Tibbiyot, ona va bola xonalari kerakli ashyolar bilan jihozlangan.
– Har bir tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq, qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda, – deydi 260-uchastka saylov komissiyasi raisi Hasan Saidov. – Mahallalar ko‘magida hududda doimiy va vaqtincha yashayotgan 2 ming 203 nafar, jumladan, ovoz berishda birinchi marta ishtirok etadigan 83 saylovchi ro‘yxati tuzilib, barcha tanishib chiqishi uchun saylov uchastkasiga joylashtirildi. Saylovchilarga 4-dekabr kuni ovoz berishda qatnashish to‘g‘risida taklifnomalarni tarqatmoqdamiz. Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyasi a’zolari hamda ekspertlari tomonidan bir necha bosqichda o‘tkazilgan seminarlarda saylovchilar, ayniqsa, yoshlar saylov borasidagi bilimini boyitmoqda.
Uchastkaga muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish maqsadida saylov varaqalari keltirildi. Saylovchilar muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti va tartiblaridan xabardor qilindi.
Ayni paytda uchastkada saylovchilarga zarur ma’lumotlarni yetkazish va ularning saylovga oid qonunchilikdan xabardorligini oshirish maqsadida uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
O’zA