Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

UKRAINA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH YO’LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
UKRAINA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH YO'LIDA

Kiyevda O’zbekiston hamda “Ukraina mashinasozlari va ish beruvchilari ligasi”ning “Ukrmashstroy” uyushmasi birlashtirgan korxonalar vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tadbir qatnashchilari O’zbekistondagi investitsiya muhiti, jumladan, faoliyat ko’rsatib kelayotgan va yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarda sarmoyaviy faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Ukraina ishbilarmon doiralari vakillarining e’tiboriga shuningdek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi hamda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining asosiy mazmuniga oid ma’lumotlar havola etildi.

Shu bilan birga, joriy yilning 31-may - 3-iyun kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan “Uzbekistan Agrominitech Expo-2017” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko’rgazmasining taqdimoti o’tkazildi. “Ukrmashstroy” uyushmasi va unga a’zo korxonalar vakillari ko’rgazma ishida qatnashish istagini bildirdilar va qo’shma loyihalarni tashkil etish uchun sarmoyaviy takliflar ro’yxatini shakllantirishga tayyor ekanliklarini bayon etdilar.

Uchrashuv yakunida “Jahon” axborot agentligi muxbiri “Ukrmashstroy” uyushmasi kengashi raisi Vladimir Sachenko bilan suhbatlashdi.

— Bugun O’zbekistonda aholi turmush darajasini sifat jihatidan yanada yaxshilashga, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiya qilishga, iqtisodiyotni modernizatsiyalashni jadallashtirish va uning raqobatbardoshligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda, - dedi V.Sachenko. - Shu maqsadda xorijiy sheriklar bilan savdo, sarmoyaviy, texnologiya va moliyaviy-texnik hamkorlikni jiddiy faollashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Biz O’zbekiston kompaniyalari bilan mavjud iqtisodiy aloqalarimizni va istiqbolli o’zaro manfaatli munosabatlarni Ukrainada amalga oshirilgan dunyo andozalariga mos yangi texnologiya ishlanmalari asosida kengaytirishdan manfaatdormiz.

“Jahon” AA, Kiyev