UKRAINA OAV: SAMARQAND DUNYONING YUZLAB QOBILIYATLI QO’SHIQCHI, RAQQOS VA MUSIQACHILARIGA O’Z ESHIKLARINI OCHDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ukraining taniqli theoutlook.com.ua portalida “Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o’z yakuniga yetdi” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Maqola mazkur keng ko’lamli festivalga tashrif buyurgan Darya Karyakina qalamiga mansub.
Maqolada Samarqand yozning so’nggi kunlarida ushbu ajoyib musiqa forumida ishtirok etish uchun kelgan dunyoning yuzlab qobiliyatli qo’shiqchi, raqqos va musiqachilariga o’z eshiklarini ochgani ta’kidlangan. Jahon xalqlarining musiqa va qo’shiq san’ati an’analarini asrab-avaylash va ularni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiluvchi mazkur betakror festival YUNESKO ko’magida ikki yilda bir marotaba o’tkaziladi.
Materialda Prezident Islom Karimovning festival ochilish marosimida so’zlagan nutqidan parcha keltirib o’tilgan. Bu yili forumda dunyoning osiyo, afrika, yevropa va amerika qit’alaridagi o’nlab mamlakatlaridan mashxur san’at ustalari va ijodiy guruhlarning tashrif buyurishi “Sharq taronalari” festivalining butun jahonda keng ommalashib borayotgani holda uning obro’-e’tiborining ham izchil ortib borayotganidan dalolat beradi.
Maqolada festivalda Xitoylik qatnashchilar Gran Pri sohibi bo’lgani, shuningdek, Yaponiyalik san’at ustalari birinchi, Polsha va Estoniya ikkinchi hamda Kosta-Rika va Pokiston uchinchi o’rinni egallagani haqida aytib o’tilgan.
Shu bilan birga, ushbu ajoyib musiqa festivalida Ukraina sharafini himoya qilgan “Veselie muziki” ansambli ijrosiga alohida to’xtalib o’tilgan. Unda Ukrainalik san’atkorlar haqiqiy jo’shqin namoyish bilan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’lgani e’tirof etilgan.
Maqola yakunida Samarqanddagi festival doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyatlarining o’xshash jihatlari” mavzusida an’anaviy xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o’tkazilgani qalamga olingan. Mazkur tadbirda dunyoning 15 mamlakatidan musiqashunos, tanqidchi va nazariyachilar ishtirok etishdi hamda jahon xalqlarining ko’p asrlik musiqa an’analarini saqlab qolish va ularni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
“Jahon” AA, Kiyev